O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Oʻzbekistonda oliy taʼlim sifatini oshirish yoʻlida Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda
    ...

    Joriy yilning 8-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Elsevier kompaniyasi mutasaddilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Koyen van der Krogt, Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, ilmiy-tadqiqot mahsulotlari yoʻnalishi boʻyicha rahbari Dmitriy Sultanov hamda inspeksiyaning bosh boshqarma boshliqlari Ayubxon Radjiyev, Asliddin Odilov va Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Madina Hojimurodova ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida yurtimizda oliy taʼlim sifatini oshirish toʻsqinlik qilayotgan muammolar, milliy OTMlar reytingi natijalari hamda Elsevier bilan ushbu masalalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalar muhokama qilindi.

    Taʼlim inspeksiyasi bosh boshqarma boshligʻi Ayubxon Radjiyev Oʻzbekiston professor-oʻqituvchilarning xalqaro tan olingan nashrlarda maqolalari va iqtiboslarini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlar ekan, milliy OTMlar reytingi tizimida ushbu chiqishlar uchun alohida ball berilishini maʼlum qildi.

    Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova Qozogʻistoning Turkiston shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo xalqaro forumida Oʻzbekiston OTMlar milliy reytingi tajribasi koʻpchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganligini taʼkidlar ekan, ushbu mezonlarni yanada takomillashtirishni, yaʼni “Web of Science” va “Scopus” roʻyxatida boʻlgan nashrlarda eʼlon qilingan maqolalarnigina inobatga olishni tavsiya qildi. Ayrim xalqaro jurnallar ilm-fan rivoji uchun emas, faqatgina pul topish uchun faoliyat olib borayotgani taʼkidlab oʻtildi.

    Shundan soʻng Elsevier kompaniyasining ilmiy-tadqiqot mahsulotlari yoʻnalishi boʻyicha rahbari Dmitriy Sultanov ilmiy axborotlarni hisobga olish va boshqarish boʻyicha keng qamrovli tizim boʻlgan “Pure” platformasi haqida taqdimot oʻtkazdi. Ushbu tizim ilmiy-tadqiqot faoliyatining har bir bosqichidagi ishlarni samarali tashkil etish imkonini berishi, obyektiv maʼlumotlarga asoslangan holda, ilmiy-tadqiqot strategiyalarini yaratishga va taʼlim sifatini baholash tadbirlarini oʻtkazishga yordam berishi aytib oʻtildi.

    Yakunda tomonlar uchrashuvni ertaga davom ettirilib, unda yangi akr platformasi imkoniyatlarini batafsil muhokama qilishga kelishib olishdi.

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
31.05.2019 1952
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini boshlagan dastlabki kunlardanoq xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayonini yanada soddalashtirish, shaffofligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib bordi. Xususan, Ross...

...
23.04.2019 799
Joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent shahrida Jahon bankining READ dasturi hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan seminarning ochilishiga oid yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi U.Tashkenbayev va...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI