O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Pedagog-kadrlarni tayyorlashda xalqaro tajribalar hamda milliy talablar uygʻunligini taʼminlash borasida
    ...

    Vazirlar mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbari U.Tashkenbayev taʼkidlaganlaridek “Taʼlimning sifati oʻqituvchining sifatidan oshib keta olmaydi”. Shunday ekan Taʼlim sifatini oshirishda kadrlar tayyorlash tizimida jahon tajribalari, shuningdek xalqaro talablarni ayniqsa zamon talablarini inobatga olishlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada davlat inspeksiyasi tomonidan koʻplab samarali ishlar amalga oshirib kelinayotganligi barchaga maʼlum.

    Jumladan joriy yilning 8 fevral kuni UNICEF xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari hamda Polshalik xalqaro konsultant Marjena Rafalska bilan uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu yigʻilishda inspeksiya vakillaridan Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati boʻlimi boshligʻi Safarali Xamrayev, Maktabgacha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Malohat Aʼzamova, bosh mutaxassis Yoqutxon Isakova hamda Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Madina Xojimurodovalar ishtirok etishdi.

    Mazkur rasmiy uchrashuvning asosiy maqsadi xalqaro konsultant inspeksiya mutaxassislariga bir qator savollar bilan murojaat qilgan boʻlib, unda konsultantni qiziqtirgan Oʻzbekiston taʼlim tizimiga oid normativ huquqiy hujjatlar, taʼlim standartlari, malaka toifalari boʻyicha koʻplab savollariga javoblar berildi.

    Shuningdek uchrashuvda Rafalska xonim oʻzlarining jami 35 yillik ish tajribalaridan kelib chiqqan xolda Polsha, Ukraina, Gruziya davlatlari misolida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga doir, pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, pedagogning kompetentligi, unga qoʻyiladigan talablar, malaka toifalari, toifa jarayonlari haqida maʼlumot berdi.

    Jumladan Yevropa davlatlari misolida pedagogning kompetentlik modeli, Polsha Milliy kvalifikatsiyasining asosini tashkil etuvchi bilim yaʼni mutaxassisligi boʻyicha chuqur va keng qamrovli bilimga egaligi, malaka yaʼni bilimlarni yetkazib bera olish, muomala madaniyati, tashkilotchilik qobiliyatlari, ijtimoiy kompetentligi tarkibiga esa –toʻgʻri baholay olish, javobgarlik hissi, professionallik mahorati kabi xususiyatlariga urgʻu berildi.

    Shundan soʻng uchrashuvning 2- qismida asosan tomonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar olindi. Masalan, Polsha kvalifikatsiya tizimi tartibiga koʻra taʼlim muassasalari xodimlari asosan 4 toifaga ajratiladi. Mazkur malaka toifalarini oʻzgartirish yoki saqlab qolish yaʼni pedagog oʻz toifasini saqlab qolishi yoki boshqa yuqori toifalar uchun imtihonlar topshirishi majburiy emasligi taʼkidlandi. Jumladan, toifa turlari asosan qoʻshimcha haq toʻlanishi yoki ish beruvchi bilan mehnat shartnomasining amal qilish davomiyligi kabi jarayonlarda inobatga olinishi mumkinligi haqida tushunchalar berildi.

    Yigʻilish soʻnggida xalqaro konsultant bilan pedagog kadrlar malaka toifalarini hamda kvalifikatsiya talablarini ishlab chiqishda, shuningdek bu boradagi yangi qaror loyihalarini takomillashtirishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    O`xshash yangiliklar
...
29.01.2019 263
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-5635-sonli farmoninig 23-bandida O&lsquo...

...
04.01.2019 280
Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Bu ehtiyojning ortib borishi transport vositalari haydovchilaridan yuqori tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababdan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri yuqori malakali xaydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishdir. Bu borada O‘...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI