O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • PRESS-RELIZ O‘ZBEKISTON O‘QUVCHILARINING XALQARO OLIMPIADALARDAGI YUTUQLARI
    ...

    Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasini rivojlantirish, uni tubdan isloh qilish, chuqur bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ilg‘or dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlovchi barkamol insonlarni shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilab berilgan.

    Shu bilan birga, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi va rag‘batini kuchaytirish, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi  “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori qabul qilindi.

    Yurtboshimiz va Hukumatimizning g‘amxo‘rligi va bildirilgan ishonchiga javoban o‘quvchilarimiz matematika, fizika, biologiya, kimyo fanlaridan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, mamlakatimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarishga sazovor bo‘lishdi.

    Xususan, 2000-2019 yillar mobaynida xalqaro fan olimpiadalarida 349  nafar umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilari qatnashib, ulardan 7 nafari  oltin medalga, 39 nafari kumush va 101 nafari bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 49 nafar ishtirokchi esa diplomlar bilan taqdirlandi.

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, noyob fazilatlarini yanada rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish maqsadida xar yili fan olimpiadalari tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

    Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilar jamoalarini shakllantirish maqsadida o‘quvchilar orasida ko‘p bosqichli tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilar jamoalari shakllantiriladi.

    2019 yilda o‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida quyidagi natijalarga erishdi.

     

    Kimyo fanidan 51-xalqaro olimpiada Fransiyaning Parij shahrida
    2019 yil 21-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi

     

    O‘quvchining 
    F.I.Sh.

    Ta’lim muassasasi nomi

    Natija

    1

    Karimov Islomjon G‘anijon o‘g‘li

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Kumush

    medali

    2

    Boltaeva Moxira Matyoqub qizi

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi

    Kumush

    medali

    3

    Xaitov Diyor Kushakovich

    Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

    4

    Boyirbekov Ulug‘bek Zayniddin o‘g‘li

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

     

     

     

    Matematikadan 60-xalqaro olimpiada Buyuk Britaniyaning
    Bat shahrida 2019 yil 11-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi

     

    O‘quvchining 
    F.I.Sh.

    Ta’lim muassasasi nomi

    Natija

    1

    Imomov Jasurbek Axrorjon o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

    2

    Turaev Jahongir Xusniddin o‘g‘li

    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Faxriy

    yorliq

    3

    Ozodov Rasulbek Shavkat o‘g‘li

    O‘zbekiston Milliy universiteti S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyi             3-kurs o‘quvchisi

    Faxriy

    yorliq

    4

    Sayliev Abbos Sodiq o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Faxriy

    yorliq

     

     

     

     

    Biologiyadan 30-xalqaro olimpiada Vengriyaning Seged shahrida
    2019 yil 14-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi

     

    O‘quvchining 
    F.I.Sh.

    Ta’lim muassasasi nomi

    Natija

    1

    Egamov Husan Erkinovich

    Navoiy davlat konchilik instituti akdemik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

    2

    Qudratova Hosiyatxon Valijon qizi

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

    3

    Valijonova Saida Atabekovna

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi 1-kurs o‘quvchisi

    Bronza medali

    Biologiya fanidan xalqaro olimpiadada medallar tarixda birinchi marta olinganligini alohida ta’kidlash lozim.

     

    Kimyo fanidan 53-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida 2019 yil 20-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.

    O‘quvchining 
    F.I.Sh.

    Ta’lim muassasasi nomi

    Natija

    1

    Karimov Islomjon G‘anijon o‘g‘li

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Oltin

    2

    Boyirbekov Ulug‘bek Zayniddin o‘g‘li

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Kumush

    3

    Xaitov Diyor Kushakovich

    Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi

    Kumush

    4

    Boltaeva Moxira Matyoqub qizi

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi

    Bronza

    Olimpiadada medallarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi 226-sonli qaroriga binoan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz hamda qo‘shimcha imtihonlarsiz kirish imtiyoziga ega bo‘ldilar.

     

     O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini

     attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

    O`xshash yangiliklar
...
25.01.2019 1592
Maʼlumki Vazirlar mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda qabul qilingan 997-sonli “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini amalga oshirish borasida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekistonning xalqaro baholash tizimlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼmi...

...
21.12.2018 1646
Taʼlim sifatini baholash, xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, rivojlanish, ilmiy-ijodiy ishlarga qiziquvchi, yuksak marralarga erishishda oʻzini munosib deb bilgan nomzodlar ishga taklif etiladi.  https://drive.google.com/drive/folders/1JOB8mJPiG0nORDhwxGXl8njFRkANU-TF?usp=sha...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI