O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Qoraqalpog‘istonda pedagog kadrlar attestatsiyasining tashkil etish tartiblari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi
    ...

    Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tish jarayonlariga tayyorlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida Ta’lim inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi va maktabgacha, xalq ta’lim vazirligi, tuman shahar bo‘limlari hamda hududiy kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari  ishtirokida «Pedagog kadrlar attestatsiyasi: attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni, muammolar va yechimlar, belgilangan vazifalar» mavzuda o‘quv seminar tashkil o‘tkazildi. O‘quv-seminarda Ta’lim inspeksiyasining hududiy bo‘limi boshlig‘i I.Qunnazarov hamda xalq ta’lim vazirligi ta’lim sifati monitoring bo‘limi bosh inspektor-metodisti X.Begdullaev va M.Toremuratov ma’ruzalari ishtirokchilar tomonidan tinglandi. O‘quv-seminar jarayonida ishtirokchilarga pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlarida mehnat samaradorligi, dars o‘tish mahorati hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari ballari bo‘yicha keng tushuntirishlar berildi.

    O‘quv–amaliy seminari yakunida seminar ishtirokchilari bilan savol-javob o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga aniq va to‘liq javoblar berildi. Shuningdek, bir qator tuman-shahar xalq ta’lim bo‘limlari xodimlari mehnat faoliyatida faol xizmatlari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

    O`xshash yangiliklar
...
13.04.2018 1609
Joriy yilning 27 mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241-sonli qarori barcha sohalar qatorida respublikamizda ta’lim sohasini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish borasida olib bori...

...
22.01.2019 894
Mamlakatimizda taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari sifatini nazorat qilish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, nodavlat taʼlim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash, taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda Vazirlar Ma...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI