O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Rossiyada o‘qishni xohlovchi O`zbekistonliklar uchun qulay imkoniyat: hujjatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishi kutilmoqda
    ...

      Ma’lumki, hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 000 ga yaqin o‘zbek o‘quvchi-yoshlar ta’lim olmoqdalar va har yili ular soni o‘rtacha 7500 ga oshib bormoqda.

    Bundan ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi  Bosh ekspertiza markazi o‘rtasida muzokaralar olib borilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Bunda O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida nostrifikatsiya jarayonlarida mavjud elektron ma’lumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi, bu esa o‘z navbatida mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar o‘tkazish va Rossiya Federatsiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

    Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbaev va Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushintirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakatimiz yoshlari bilan joriy yilning 20 fevral kuni “Poytaxt” biznes markazida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

    Shu o‘rinda, Rossiyada tahsil olishni xohlagan barcha yoshlarni 20 fevral kuni soat 10.00da  “Poytaxt biznes markazi”da kutib qolamiz. Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspesiyasi Horijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘limi mutaxassislari  yoshlarimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi. Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. 

    Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Fedaratsiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida «Ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitim» loyihasini ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida ta’lim xujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi, yoshlarlarni bilim olishlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish (Rossiyada xujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqtni oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini tejashni ta’minlaydi.

    Ushbu muzokaralarning olib borilishi ikki davlat yoshlarining mobilligini rivojlantirishda, ularga ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim xujjatlarini o‘zaro tan olish tizimini yanada soddalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyasi bo‘yicha tajriba almashilib, akkreditatsiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasida ekspertlarni o‘zaro almashish orqali akkreditatsiya jarayonlarini birgalikda o‘tkazish hamda qo‘shma akkreditatsiyalangan oliy ta’lim muassasalari filiallari va qo‘shma dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish amaliyotini yo‘lga qo‘yishda muhimdir.

                                                             

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
26.01.2018 3157
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, olingan bilim va ko‘nikmalarini mamlakatimizning istiqbolli kelajagi uchun safarbar qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vatandoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xorijda ta’limni muvaffaqiyatli yakunlab, mutaxassis sifatida shakllanib yurtimizga qaytgan fuqaro to‘qnash keladigan eng katta muammola...

...
26.08.2019 307
2019 yil 21 avgustda  Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI