O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Sifatli ta'limni amalga oshirish yoʻlida
    ...

    Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish, oʻquvchi-yoshlarni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazish, taʼlim sifati va mazmunini davr ruhi bilan hamohang tarzda yoʻlga qoʻyish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda.

    Oxirgi ikki yil davomida muhtaram prezidentimizning Xalq taʼlimi tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir qator Farmon va qarorlari qabul qilindi.

    Mazkur hujjatlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda bir qator idoraviy hujjatlar tayyorlanmoqda.

    Jumladan, “Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM” va uni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari ishlab chiqildi.

    Mazkur hujjat loyihasi bilan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining qatʼiy roʻyxatini tasdiqlash taklif etilmoqda.

    Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda muassasalar faoliyatini tekshirishning maqsad-vazifalari, tekshirishni tayinlash, uni oʻtkazish tartibi, muddatlari hamda mezonlari, shuningdek, tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

    Taklif etilayotgan Nizom loyihasiga koʻra:

    Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirish davriyligi umumtaʼlim muassasasining reytingda egallab turgan oʻrniga bogʻliq boʻladi;

    Vakolatli organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik ishlarida har tomonlama koʻmaklashadi;

    Bosh prokuratura va uning quyi tizimlari tomonidan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat oʻrnatiladi. Yaʼni umumtaʼlim muassasalarining rahbarlari, pedagog-tarbiyachilari va boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Mazkur loyiha qabul qilinishidan koʻzlangan asosiy maqsad umumiy oʻrta taʼlim boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda umumtaʼlim muassasalarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish, oʻquvchilarga davlat taʼlim standartlariga muvofiq sifatli taʼlim berilishini taʼminlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, umumtaʼlim muassasasidagi ijro intizomini mustahkamlash, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir.

    Shuningdek, “Umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi va ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” ishlab chiqilib, Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanmoqda.

    Mazkur hujjatning qabul qilinishidan asosiy maqsad - oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarlik darajasini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini baholash, pedagoglar faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon, standartlarga mos yuqori koʻrsatkichlarga erishish orqali bilimli va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga zamin yaratishdan iborat.

    Mazkur hujjat qabul qilinishi munosabati bilan oʻquvchilar bilim darajasi, pedagoglar salohiyati va taʼlim berish mahorati, taʼlim muassasasining oʻquv-tarbiya jarayoni va imkoniyatlari haqida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlashga erishiladi.

    Taʼlim sifatini taʼminlashda yana bir muhim hujjat - “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” tegishli fanni oʻqitish boʻyicha bilim va koʻnikma darajasini — pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga koʻmaklashuvchi ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda.

    Mazkur hujjat qabul qilinishi munosabati bilan pedagoglarning attestatsiyadan oʻtkazish tartibi nisbatan soddalashtiriladi va bu jarayonda korrupsiya holatlarini oldini olish choralari koʻriladi.

    Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

    Mazkur hujjatga koʻra ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida ragʻbatlantirishning shaffof tizimini joriy etish tartibi tasdiqlanadi.

    Yangi tartibga koʻra “Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining faqat oʻrnak koʻrsatgan pedagog xodimlarining baʼzaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishga sarflanadi.

    Moddiy ragʻbatlantirish tizimining shaffofligini taʼminlash maqsadida oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori va ijtimoiy soʻrovnoma natijalarini hisobga olgan holda belgilanishi hamda maktabning rasmiy sayti va eʼlonlar taxtasida yoritilishi koʻzda tutilmoqda.

    Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda “Umumtaʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari faoliyatini samaradorligini baholash mezonlari”ishlab chiqilib, huquqiy xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritildi.

    Mazkur hujjat umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan barcha vazirlik va idoralarga tegishli boʻlib, ular tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda pedagoglarning faoliyatiga tegishli boʻlmagan hujjatlarni talab qilinishini oldini olishga xizmat qiladi.

    Shu bilan birga oʻquvchi-yoshlarining savodxonligini xolisona baholash, ularning olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish yoʻnalishida ham bir qator meʼyoriy hujjat loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining oʻquvchilarning savodxonligini baholash boʻyicha 2021 yilda oʻtkaziladigan xalqaro tadqiqotida ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.

    Bu borada Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi”ni tashkil etish, milliy baholash tizimini yaratish va PISA xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi uchun tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash boʻyicha hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

    Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan

    tashqari taʼlim muassasalarini

    attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi

    O`xshash yangiliklar
...
02.05.2018 996
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori hamda 2015 yil 27 martdagi “Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ha...

...
28.02.2018 1289
2018 yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) vakolatxonasi rahbari janob Badarch Denevning taklifiga binoan ikki tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni yo&...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI