O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • So‘x tumanida sayyor sinov asosida 52 nafar fuqaroning diplomlari nostrifikatsiya qilindi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan So‘x tumanida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha Ekspert komissiyasi tomonidan sayyor imtixon jarayoni tashkil etildi. Ekspert komissiyasi 11 kishidan iborat bo‘ldi. Diplomlarni tan olish va nostirifikatsiyalash bo‘yicha So‘x tumanida yashovchi jami 92 nafar fuqaro ishtirok etish uchun  ariza bergan. Shundan 81 nafari maxsus sinovlarda ishtirok etdi. 11 nafari turli sabablarga ko‘ra sinovlarda ishtirok etmadi. Maxsus sinovlarda ishtirok etgan 81 nafar talabgorlarning 52 nafari (64,5 foizi) ijobiy baholangan holda hujjatlari nostrifikatsiyaga tavsiya etildi

     29 nafari maxsus sinov natijalariga ko‘ra saralash ballarini to‘play olmaganligi sababli salbiy baholandi va hujjatlari nostrifikatsiyalashga tavsiya etilmadi. Ma’lumot uchun, ariza topshirganlarning 82 nafari “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohasi bo‘yicha, 5 nafari “Iqtisodiyot” sohasi bo‘yicha, 4 nafari “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” sohasi bo‘yicha va 1 nafari “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot” sohasi bo‘yicha bo‘lgan.

     

     

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi

     

    O`xshash yangiliklar
...
31.07.2018 1669
Respublikamiz milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb portal (reyting.tdi.uz) ishga tushganligini ma’lum qilamiz. Endilikda oliy ta’lim muassasalarining reyting bo‘yicha to‘plagan ballari, 4 ta yo‘nalish, 59 ta raqamli baholash ko‘rsatkichlaridan iborat 23 ta indikator bo‘yicha to&ls...

...
16.01.2019 894
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018 yil 16 iyuldagi 302-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali” hamda 2018 yil 4 dekabrdagi 460-son buyrug‘iga asosan 2018 yilning 10-22 dekabr kunlari Navoiy davlat pedagogika instit...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI