O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • “Taʼlim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi amalda
    ...

    Maʼlumki, davlatimiz rahbarining  joriy yilning 24-may kuni Oʻzbekiston Milliy universitetida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan boʻlgan uchrashuvda aytilgan takliflar va dolzarb masalalar muhokamasi yuzasidan hamda 28-may kuni ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilishda taʼkidlanganidek  iqtisodiyotda yuqori samara beradigan va ijtimoiy masalalarni oqilona hal etishga qaratilgan yoʻnalishlar belgilanib, ularni rivojlantirishga masʼullar biriktirilgan boʻlib, unga koʻra toʻrtta yoʻnalish boʻyicha doimiy komissiyalar tuzilib,  mazkur komissiyalarning vazifalari, komissiya aʼzolarining ish tartibi va masʼuliyati belgilandi.

    Yuqorida keltirilgan yurtboshimiz tomonidan belgilangan dolzarb vazifalarning ijrosini samarali taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va
    o`rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminister universiteti, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish universiteti hamda “O’zbekiston 24” kanali vakillaridan iborat komissiya Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini doimiy tahlil qilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan  oʻz faoliyatini boshladi.

    Mazkur komissiya hozirda Andijon viloyatida joylashgan 4 ta OTM faoliyatini chuqur tahlil qilish bilan bir qatorda mazkur hududda joylashgan ish beruvchilar bilan ham uchrashuvlar oʻtkazib, ularning talab va takliflarini oʻrganishga ham aloxida eʼtibor qaratmoqda. Jumladan 2019-yilning 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Asaka avtomobil zavodida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh hamda Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari (American Councils for International Education) ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Keyl Vagner (Keyl Vagner) boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Shuningdek, mazkur uchrashuvda GM Uzbekistan kadrlar boshqarmasi vakillari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Oʻ.Salimov, Andijon mashinasozlik instituti rektori A.Ermatov va boshqalar ham ishtirok etdilar. Unda Taʼlim inspeksiyasi rahbari U.Tashkenbayev 2019-yil 12-aprel kuni AQSHning Vashington shtatida Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari rahbari David Patton(David Patton) bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oliy taʼlim tizimida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan ikki davlat tajribasini oʻzaro almashish, Oʻzbekistonda “taʼlim-fan-ishlab chiqarish”ni keng joriy etishda hamkorlik qilish kabi qator masalalar kelishib olinganini eslatib oʻtib, ushbu uchrashuv yuqoridagi kelishuvlarning ilk amaldagi ijrosi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

    Shu oʻrinda janob Keyl Vagner ayni damda GM Uzbekistan zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan Andijon mashinasozlik instituti talabalarini tizimli ravishda tanishtirish maqsadida amaliyotni aynan zavodning oʻzida tashkil etish, GM Uzbekistan - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti - Andijon mashinasozlik institutlari oʻrtasida “3 lik hamkorligi”ni yoʻlga qoʻyish orqali taʼlim-fan-ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha loyihalar ustida amaliy ishlar boshlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shu bilan birga oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini AQSH universitetlarida, tegishli ishlab chiqarish joylarida malakalarini oshirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilayotganligini tasdiqladi.

    Eslatib oʻtamiz, mazkur komissiya faoliyati Andijon viloyatida joriy yilning 15-iyuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan boʻlib, komissiya faoliyatiga doir batafsil ma’lumotlar “O’zbekiston 24” kanali orqali keng yoritib boriladi.

    O`xshash yangiliklar
...
25.03.2018 3942
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorligida toifa va lavozimlarga talabgor pedagogik kadrlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni joriy yil 26 mart kunidan boshlab, Respublikamizning har bir hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Sinovlar kompyuterlarda, ...

...
11.01.2019 1213
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining Namangan viloyati bo‘limi, viloyat Maktabgacha ta’lim Boshqarmasi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-sonli “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to&...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI