O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim inspeksiyasi hamda UNICEF hamkorligida pedagog-kadrlar kompetentligini oshirish boʻyicha seminar oʻtkazilmoqda.
    ...

    “Agar biz bugungi kun oʻquvchilarini kecha biz oʻqigandek oʻqitsak,

     u holda biz ulardan kelajagini tortib olgan boʻlamiz”

    John Dewey

    Avval xabar berganimizdek Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda UNICEF xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida taʼlim sifatini oshirishning turli yoʻnalishlarida koʻplab samarali ishlar olib borilmoqda. Barchaga sifatli taʼlim, pedagogik kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar shular jumlasidandir. Boshlangan samarali hamkorlikning uzviy davomi sifatida joriy yilning 30 aprel - 2 may kunlari Xalq taʼlimi tizimi xodimlari, malaka oshirish muassasalari xodimlari hamda maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari uchun xalqaro ekspert Marjana Rafalska tomonidan seminar-treninglar olib borilmoqda.

    Seminarda UNICEFning doimiy konsultanti tomonidan zamonaviy oʻqituvchilarga qoʻyiladigan malaka talablariga oid taqdimotlar qilindi. Unda oʻqituvchi qanday boʻlishi kerak? Zamonaviy oʻqituvchi uchun nimalar zarur? Shuningdek yetuk mutaxassis-kadrlar yetishtirib chiqarish uchun nima ishlarni bajarish kerak? kabi savollar oʻrtaga tashlandi. Taqdimotda pedagoglarni malaka oshirish va zamonaviy pedagogik kadrlarni yetishtirib chiqarishda hozirgi kunda asos sifatida foydalanib kelinayotgan 4 ta nazariya bixeviorizm, kognetivizm, konstruktivizm va konnektivizm haqida umumiy maʼlumotlar berildi va ularni taʼlimdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek mazkur 3 kunlik seminarda asosan oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari qanday boʻlishi kerak, xalq taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari qanday boʻlishi kerak kabi mavzularda bahs-munozaralar olib borildi.

    Xususan seminar davomida qatnashchilar bir necha kichik guruhlarga boʻlingan holda hozirgi zamonaviy oʻqituvchilarning malakalariga oid mavzularda amaliy mashgʻulotlarda ham ishtirok etmoqdalar. Undagi muammoli vaziyatlarga birgalikda javob izlash jarayonlari ayniqsa qiziqarli tashkil etilib barcha ishtirokchilar oʻz fikrlarini ogʻzaki va yozma tarzda bayon qildilar.

    O`xshash yangiliklar
...
12.01.2018 1990
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, olingan bilim va ko‘nikmalarini mamlakatimizning istiqbolli kelajagi uchun safarbar qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vatandoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xorijda ta’limni muvaffaqiyatli yakunlab, mutaxassis sifatida shakllanib yurtimizga qaytgan fuqaro to‘qnash keladigan eng katta m...

...
09.05.2019 119
Assalomu alaykum hurmatli Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, aziz yurtdoshlar! Barchangizni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi jamoasi nomidan yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Xalqimizning tinch, farovon turmushi, o...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI