O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ta’lim inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda
    ...

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi “Umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash xaqida”gi qo‘shma qarorlari ijrosi yuzasidan davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limlari tomonidan o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Hususan, Andijon viloyatida tashkl etilgan o‘quv-seminarida barcha shaxar va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va 2019 yilda reyting jarayonida qatnashadigan 71 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

    Seminarda Davlat inspeksiya tomonidan reytinglarda ishtirok etish uchun e’lon qilingan maktablar faoliyatida puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchi, o‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnoma jarayonini shaffof hamda sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, o‘quvchilarni olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qituvchilar saloxiyati va sifat tarkibini yaxshilash xamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, o‘quv-laboratoriya jihozlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan qator tavsiyalar berildi.

    Shuningdek, Buxoro viloyatining Jondor, Qorako‘l, Olot  tumanlari xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, mazkur tumanlardagi ta’lim muassasalarining rahbarlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil qilindi. Seminarda Qorako‘l tumanidan 50 nafar, Olot tumanidan 33 nafar, Jondor tumanidan 51 nafar ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.   O‘quv seminarda umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, ko‘rsatlar uchun ballarni hisoblash metodikasi, 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ko‘rsatkichini aniqlash, ta’lim muassasalarida oliy va birinchi toifali xodimlar ulushi, PISA xalqaro tadqiqotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablar, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berildi.

    Xabaringiz bor, yaqinda Qashqadaryo viloyatidagi o‘quv ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator kamchiliklar aniqlangan edi. Shunga muvofiq, Samarqand viloyatida hududiy ta’lim inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘quv ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavjud muaommolar, ularni bartaraf etish yo‘llari mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv amaliy seminarlar tashkil etildi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy bo‘limlari tomonidan ta’lim sifatini oshrishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

     

    Vazirlar Maҳkamasi ҳuzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
01.11.2018 734
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan umumta’lim maktablarida ta’lim sifati samaradorligini oshirish ta’lim muassasa rah...

...
14.09.2018 1316
2018 yil 13 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga Li Marshal boshchiligidagi USAID taʼlim guruhi tashrif buyurdi. Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad inspeksiyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish, Oʻzbekistonda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumotga ega boʻlish va kelgusida taʼlim...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI