O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • TA’LIM INSPEKSIYASI OGOHLANTIRADI: QARSHIDAGI XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI FAOLIYATI NOQONUNIY
    ...

    So‘nggi kunlarda “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy ta’lim muassasasi va ushbu muassasa 2019/2020 o‘quv yiliga o‘qishga kirishga abiturientlardan hujjat qabul qilayotganligi va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

    Ta’kidlab o‘tish joizki, “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy ta’lim muassasasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish uchun bir necha bor ariza bilan murojaat qilgan.

    Lekin mazkur muassasada oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan talab va normalarga javob beradigan, unga mulkiy huquq bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar bilan ta’minlanmaganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlangan auditoriyalar va o‘quv xonalar mavjud emasligi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmaganligi sababli litsenziya berishga rad etilgan.

    Ushbu muassasaning norasmiy faoliyati bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborilgan.

    Oliy o‘quv yurtida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga va ularning ota-onalariga “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy ta’lim muassasasi hech qanday litsenziyaga ega emasligini va ularning faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tmoqchimiz va bunday yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz.

    Shu bilan birga, litsenziya olgan nodavlat ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlarni Vazirlar Mahkaamsi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-sahifasida joylashgan litsenziyalar reestridan (http://ntm.tdi.uz/?mod=ntmidx) hamda +998 71 231-07-53 (ichki raqamlar 1020, 1027, 1037) orqali to‘liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

     

    Vazirlar Mahkaamsi huzuridagi
    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
    Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi

    O`xshash yangiliklar
...
03.07.2019 532
     Joriy yilning 3 iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati Germaniyaning xalqaro hamkorliklar jamiyati (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit-GIZ) vakillari yaʼni GIZning baholash missiyasi boshligʻi janob Rolf Peter hamda “Markaziy Osiyoda kasb hunar taʼlimi - oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi tizimli yond...

...
24.04.2018 2030
2018 yilning 24 aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Fransiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor xonimning taklifiga binoan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim sohasida hamkorlik attashesi Sofi Jindt (Sophie ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI