O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jahon Banki mutaxassislaridan iborat koordinatsion guruh tuziladi
    ...

    Maʼlumki, mamlakat rahbarining Oliy taʼlim sohasini tubdan isloh qilish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Respublikaning boshqa vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda OTMlar faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda har bir universitet va institut uchun mavjud muammolarni bartaraf etish va olib borilayotgan faoliyat jarayonlarini yanada takomillashtirish boʻyicha yoʻl xaritalari tuzilib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Bu borada ayniqsa taʼlim sifatini ichki va tashqi nazorat qilish komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Boshlangan tizimli jarayonlarning uzviy davomi sifatida bugun yaʼni 2019 yilning 17 iyul kuni Taʼlim inspeksiyada Jahon Banki hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oliy taʼlim tizimini takomillashtirish” loyihasi boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi. Unda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati hamda Jahon Banki vakillaridan loyiha rahbari Diyego Ambass, yetakchi mutaxassis Husayn Abdul-Xamid, Taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchi Inoyat Sodikova hamda loyihaning monitoring va baholash boʻyicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

    Uchrashuv avvalida Davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbaev mazkur loyiha doirasida inspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Jumladan хalqaro konsultant va Davlat inspeksiyasi tomonidan taklif etilayotgan tizimni joriy qilish strategiyasi ishlab chiqilganligi, uni amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hamda yangi tizimni sinovdan oʻtkazish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi yollash rejalashtirilganligi, hozirga qadar ushbu tanlovga 8 ta kompaniya oʻz nomzodini tavsiya qilgan boʻlib, ulardan 6 tasi tanlovda ishtirok etish vakolatiga ega boʻldi. Tanlov natijalariga koʻra qaysi kompaniya ushbu vazifani bajarishga loyiq deb topilishi sentyabr oyida maʼlum boʻladi.

    Shuningdek uchrashuvda Davlat Inspeksiyasi rahbari tomonidan loyiha doirasida Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha Davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jahon Banki yetakchi mutaxassislaridan iborat koordinatsion guruh shakllantirish taklifi berildi. Ushbu gʻoya Jahon Banki vakillari tomonidan mazkur guruhning tashkil etilishi Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida ulkan “reputatsiya” boʻlishi mumkin deb eʼtirof etildi. Sababi ushbu jamoaning faoliyati loyihadan koʻzlangan natijaga erishishning asosi boʻlib xizmat qiladi.

    Uchrashuv soʻnggida janob Ambass inspeksiya tomonidan ilgari surilgan barcha taklif va tashabbuslarni Jahon Banki qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini va bu borada hamkorlik jarayonlari yanada mustahkamlanishini taʼkidladi.

    O`xshash yangiliklar
...
07.09.2018 1314
2018 yilning 30 avgust kuni Yurtimiz mustaqilligining 27 yillik tantanalari arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Jahon Bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasida Jahon Bankining taʼlim hamda Inson Kapitali Loyihasi (IKL) jamoasi bilan videokonferensiya tashkil etildi. Unda Jahon Bankining Vashingtonda...

...
17.09.2018 8270
Dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari reytinglari yangilanganligini inobatga olib, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yangi TOP-500 talik OTMlar roʻyxati shakllantirildi. Yangilangan roʻyxatga asosan maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadigan Qozogʻiston ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI