O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim sifatini baholashda Oʻzbekiston nega PISA tadqiqotlarida ishtirok etmoqchi?
    ...

    Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.

    Shunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazitashkil etildi.

    Eng muhimi, 2018 yil 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida (Agreement for participation programme for international student assessment (PISA) 2021) ishtirok etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Oʻz navbatida, PISA tadqiqotlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsak.

    PISAtizimi bu nima oʻzi?Oʻquvchilarning taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli oʻquvchi yoshlarning oʻqish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar koʻrinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar oʻquvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu koʻnikmalarni hosil qilishga undashdir.

    Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan boʻlib,xar uch yilda bir marta oʻtkazib kelinadi, birinchi marta 2000 yilda oʻtkazilgan boʻlib 43 ta mamlakatdan oʻquvchi yoshlar oʻz bilimlarini sinab koʻrishgan. Yillar kesimida oladigan boʻlsak 2003 yilda 41 ta mamlakatdan, 2006 yilda 55 ta mamlakatdan, 2009 yilda 75 ta mamlakatdan, 2012 yilda 65 ta mamlakatdan, 2015 yilda 71 ta mamlakatdan va 2018 yilda-78 ta mamlakatdan oʻquvchi yoshlar ishtirok etishganini koʻrishimiz mumkin.

    Dastur mamlakatdagi jami 15 yoshli oʻquvchi yoshlarning 2% ni qamrab oladi. Har 3 yilda bitta fan yunalishiga afzallik berilib, 2000 yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan holda oʻtkazilgan.Demak, uch yilda bir marotaba oʻtkazilishini inobatga oladigan boʻlsak 2021 yilda matematik savodxonlikka urgʻu beriladi.

    Savol tugʻiladi, nima uchun PISA xar uch yilda va 15 yoshlilar oʻrtasida oʻtkaziladi? PISA dasturining asosiy maqsadi mamlakatlar ichida taʼlim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir. Uch yillik sikllar davomida dasturni amalga oshirilishi esa oʻz navbatida mamlakatlarga oʻz vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning taʼsirini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratib beradi.

    Agarda dasturni oʻtkazish davriyligi qisqa davrlarda amalga oshirilsa, oʻzgarish va yangiliklarning rivojlanishi yoki yetarli maʼlumotlarni toʻplay olmaslikni va oʻz navbatida ish unumdorligini kamayishiga olib keladi.

    Aynan 15 yoshli oʻquvchi yoshlar oʻrtasida dasturni amalga oshirilishini sababi esa ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning oʻquvchi yoshlari majburiy taʼlimning oxirgi bosqichiga oʻtishadi.

    Ushbu dasturning mukammalligi shundaki, ushbu dastur butun dunyo boʻyicha aynan 15 yoshli oʻquvchi yoshlarning bilim va koʻnikma darajalarini oʻlchovchi yagona dastur boʻlib xizmat qiladi.Shuningdek, dasturda quyidagi masalalar koʻtariladi:

    Davlat siyosati masalalari;

    Maktablar oʻquvchi yoshlarni katta hayotga oʻtishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?;

    Aynan ayrim turdagi oʻquv dasturlari boshqalariga nisbatan samaraliroqmi?.

    Aytish mumkinki, oʻquvchi yoshlar butun bir maktab hayoti davrlarida oʻzlari uchun kerak boʻlgan barcha bilim va malaka koʻnikmalarini yetarli darajada oʻzlashtira olishmaydi.PISA dasturi esa oʻquvchi yoshlarni nafaqat bilim va malaka koʻnikma darajalarini balki ularning katta hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash, ishontirish va oʻqish strategiyalarini mustahkamlanishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi dastur hisoblanadi.

    Bugungi kunda PISA dasturiPISA boshqaruv kengashi qarori asosida taʼlim vazirliklari javobgarligi ostida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida ishlab kelmoqda. Kengash aʼzoligi tarkibiga barcha qatnashuvchi aʼzo davlatlar va shuningdek sherikchilik maqomidagi hamkor davlatlar kirishadi. Bugungi kunda ushbu maqomga faqatgina Braziliya sazovordir.Kengashga aʼzo davlatlarning vakillari hukumat vakillari va ilmiy-pedagog xodimlardan tashkil topgan.Kengash PISA uchun siyosatning ustuvor yunalishlarini belgilaydi va amalga oshirish jarayonida ushbu ustuvorliklarga rioya etilishini nazorat qiladi.

    Bu maʼlumotlar tayyorlash, tahlil qilish va hisobot berishning ustuvor yunalishlari va standartlarini belgilash, shuningdek, PISAni amalga oshirish uchun asos boʻladigan ish hajmini aniqlashni oʻz ichiga oladi.2000-2015 yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari bizga shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda Sharqiy Osiyoda- Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada-Finlyandiya,Estoniya, Shveysariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi rivojlangan boʻlib, bizdan ushbu davlatlarning taʼlim tizimidagi ijobiy tomonlarini tahlil qilishni va qiyoslashni davrni oʻzi taqozo etmoqda.

    PISA dasturi tadqiqotlari davomida biz PISAgaaʼzo davlatlar taʼlim tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlarni oʻzaro taqqoslash va qiyoslash, taʼlim sohasida strategik qarorlar qabul qilishni va oʻz navbatida maktablarimizda berilayotgan bilim saviyasi oʻquvchi yoshlarimizni katta hayotda oʻz yoʻllarini topishida munosib xizmat qilmoqdami kabi savollarga javob topishimizga amaliy yordam koʻrsatadi.

    Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

    O`xshash yangiliklar
...
12.01.2018 4539
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o'rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.  ...

...
22.02.2019 227
Xiva shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda umum ta’lim maktablari reytingini aniqlashning maqsad va vazifalari, reyting indikatorlari hisoblash metodikasi, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil qilish, litsenziya olish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Sayyor qabulga ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI