O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida Germaniya xalqaro hamkorliklar jamiyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
    ...

         Joriy yilning 3 iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati Germaniyaning xalqaro hamkorliklar jamiyati (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit-GIZ) vakillari yaʼni GIZning baholash missiyasi boshligʻi janob Rolf Peter hamda “Markaziy Osiyoda kasb hunar taʼlimi - oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi tizimli yondashuvlar” loyihasining milliy koordinatori Jahongir Joʻrayevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Unda Davlat inspeksiya vakillaridan bosh boshqarma boshliqlari A. Radjiyev, A. Nosirov, kasb-hunar taʼlimi boʻlimi boshligʻi G. Jabborova va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi M. Xojimurodovalar ishtirok etishdi. Mazkur rasmiy uchrashuvning asosiy maqsadi Germaniya vakillari tomonidan taklif qilinayotgan Oʻzbekistonda oʻsib borayotgan mehnat bozori talablari va kasb-hunar taʼlimining uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokamasidir. Uchrashuvning kirish qismida har ikkala tomonlar oʻzlarining vazifalari, faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida umumiy maʼlumotlar berib oʻtishdi.

    Shundan soʻng mehmonlar tomonidan “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini takomillashtirish va zamonaviylashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi haqida asosiy maʼlumotlarni taqdim qilishdi. Jumladan ushbu loyiha mablagʻi 5 million yevroni tashkil qilishi, uning asosiy maqsadi taʼlim tizimi, davlat va uning iqtisodiyoti oʻrtasida uzviy tuzilmani hosil qilish yaʼni malaka talablari va zamonaviy kasbiy tayyorgarlik standartlarini ishlab chiqish va qonuniy jihatdan mustahkamlanishini taʼminlashdir. Shuningdek mazkur loyiha doirasida iqtisodiyotning turli sektorlari bilan hamkorlikda namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish koʻzda tutilgan. Qolaversa ushbu loyiha maqsadlaridan biri sifatida xalqaro standartlar va hududiy darajalarni inobatga olgan xolda milliy tizimga qoʻshma kasb taʼlimi va malaka oshirish jarayonlarini ham kiritishni koʻzda tutiladi.

    Mazkur uchrashuv asosan savol-javoblar tarzida oʻtdi. Mehmonlarning Davlat inspeksiyasi faoliyatiga doir savollariga batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa Davlat inspeksiya tomonidan OTMlarning milliy reytingini aniqlashdagi asosiy mezonlardan biri ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnomalarning oʻtkazilishi mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Bu kabi jarayonlarni kasb-hunar kolleji bitiruvchilari sifatini baholashda ham qoʻllash yuqori samaralar berishini taʼkidlashdi. Yigʻilish soʻngida GIZ vakillari tomonidan Oʻzbekistondagi vazirlik va idoralar faoliyati bilan tanishuv natijalari Germaniya hukumati tomonidan koʻrib chiqilishi navbatdagi uchrashuvlar va kelgusidagi amaliy hamkorliklarga asos boʻlishi kutilayotganligi maʼlum qilindi.

    O`xshash yangiliklar
...
13.01.2018 3320
Hurmatli ota-onalar! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yanvar-fevral oyi davomida Toshkent shahridagi o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishni rejalashtirgan. O‘rganish natijasi bo‘yicha har bir maktabda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan xulosalar va takliflar beriladi. Sizning f...

...
20.06.2018 2537
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Koreya ta’limni rivojlantirish instituti o‘rtasida ikki  tomonlama hamkorlik va o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI