O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati pedagogik xodimlarga “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiya” boyicha bo’lib o’tgan uslubiy o’quv seminarda
    ...

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  2018 yil 8 noyabrdagi “ Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiya natijalarini o’rganish to’g’risida”gi 71-son buyrug’i asosida joriy yilning 29 noyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uzluksiz ta’lim tizmi pedagog kadrlar sifati nazorati bo’limi boshlig’i S.Xamraev, xududiy vakillar bilan birgalikda Samarqand viloyati  pedagogik xodimlarga “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiya” boyicha  uslubiy o’quv seminar o’tkazildi.

    Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 21 dekabrda 2849-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mеzonlari” asosida tashkil etilib, oʻtkazib kelinmoqda.

    Uslubiy o’quv seminarda Samarqand shahar, Samarqand, Toyloq, Pastdarg’on tumanlari o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va maktab direktorlari, barcha tumanlar kadrlar bo’yicha mutaxassislar, Ta’lim sifatini nazorat qilish xududiy bo’limi vakilari viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan jami 200 nafar  ma’sul xodimlarlar ishtirok etdilar.

      Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga o’zgartirish va qoshimchalar kiritilishi va amaldagi nizom talablari asosida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyalarni o’tkazish bo’yicha tushunchalar va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ta'lim sifatini nazorat qilish insreksiyasi uzluksiz ta’lim tizmi pedagog kadrlar sifati nazorati bo’limi boshlig’i S.Xamraev javob berdi.

    O`xshash yangiliklar
...
29.03.2018 2629
Hurmatli va qadrli ustozlar! Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorligida toifa va lavozimlarga talabgor pedagogik kadrlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni joriy yil 26 mart kunidan boshlandi. Attestatsiya jarayonini shaffof va ado...

...
19.02.2019 662
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inpeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va uning xududiy boshqarmalari, Respublika ta’lim markazi hamda Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislaridan iborat 20 kishilik O‘zbekiston delegatsiyasi ta’lim...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI