O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
    ...

    Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar  va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumani Ta’lim inspeksiyasi rahbariyati hamda barcha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 18 iyulda 515-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uzluksiz ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim sifati va o‘quv jarayonlari samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirib kelmoqda.

    Inspeksiya  tomonidan  “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Bunga asosan, 2018-2019 o‘quv yilida  jami 1687 maktabgacha ta’lim muassasalari davlat attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sentabr-noyabr oylarida 269 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 183 tasi attestatsiyadan o‘tdi, 66 tasi attestatsiyadan   shartli   o‘tdi.                                                                                                       

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2018 yil 27 martdagi 241-son qaroriga muvofiq respublika bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali jami 4440 ta hujjat kelib tushdi va ko‘rib chiqildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra 1499 ta yangi litsenziya berilgan va qayta rasmiylashtirilgan.

    Ma’lumki, Ta’lim inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholashda xalqaro tadqioqtlarda ishtirok etish bo‘yicha Milliy markaz tashkil etilgan. O‘tgan yil Inspeksiya va OECD tashkiloti o‘rtasida “O‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro PISA dasturi”da ishtirok etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. “4-sinf o‘quvchilarining o‘qish va tushunish darajasini baholash PIRLS dasturi”da ishtirok etish bo‘yicha IEA bilan kelishuv imzolandi.

    Davlat inspeksiyasi tashkil etilgandan buyon 3980 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 3729 tasi (93,7%) akkreditatsiyalandi. (2017 yilda 673 ta; 2018 yilda 2046 ta; 2019 yilning 5 oyi davomida 1010 ta).

    2019 yilda mart-iyun oylarida attestatsiyadan o‘tadigan pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning http://pka.tdi.uz/- elektron bazasi yaratilgan bo‘lib, mazkur bazaga 80 mingga yaqin pedagog kadrlar haqidagi ma’lumotlar va attestatsiya natijalari kiritildi. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlar uchun 29 ta umumta’lim o‘quv fanlaridan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida savollar bazasi shakllantirildi. 2019 yil mart oyida pedagog kadrlar attestatsiya jarayonining test sinovlarida oliy, birinchi toifalariga jami 23118 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra ishtirok etganlarning 11249 (50%) nafari ijobiy natijalar, ya’ni amaldagi malaka toifasini oshirish yoki saqlab qolishga mos keladigan ko‘rsatkichlarni qayd etishgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-son qarori bilan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risdagi nizom” tasdiqlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi  PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan barcha xududlarda tasdiqlangan grafik asosida 956 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarda nazorat ishlari hamda so‘rovnomalar o‘tkazildi. Maktablar reytingi jarayoni 2019 yil 8-19 aprel kunlari tartib asosida olib borildi. Nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni to‘liq shaffof va sifatli o‘tishini ta’minlash uchun jami 57 ta ishchi guruh tuzilib, uning tarkibida 200 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bordi. Maktablar reytingi natijasi yangi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilinadi.

    O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sifatini oshirishning yana bir muhim yo‘nalishilaridan biri, ta’lim turlari bo‘yicha milliy malaka (kvalifikatsiya ramkalari) me’yorlarini ishlab chiqishda Rossiya tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasi xalqaro toifadagi eksperti (V.I.Skorobogatova) ishtirokida amaliy uchrashuv tashkil etildi va o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi.

    Mamlakatimiz OTMlarda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida jami 71 ta OTM faoliyati o‘rganildi va kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.  Xususan, 26ta OTM attestatsiyadan o‘tkazildi va barcha OTMlar faoliyati televidenieda keng yoritildi. Shuningdek, OTMda kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalar ishlab chiqildi va nazoratga olindi. Inspeksiya o‘z faoliyatini boshlagandan buyon 7 ta OTM akkreditatsiyalandi, 12 ta OTM shartli o‘tdi va 1 ta OTM attestatsiyadan o‘tmadi. Jami 424 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 283 ta magistratura mutaxassisliklari attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 267 ta (62.9%) ta’lim yo‘nalishlari va 177 ta (62.5%) magistratura mutaxassisliklari attestatsiyadan o‘tdi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha esa jami 177 ta ixtisoslikdan 122 tasi (68.9 %) attestatsiyadan o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv majlisi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida  ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish bo‘yicha 4 ta ishchi guruh tuzildi va reja-grafik ishlab chiqildi.

    Bugungi kunda inspeksiya tomonidan amaldagi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash metodikasini takomillashtirish maqsadida jahondagi yetakchi reyting agentliklari metodologiyasi o‘rganib chiqildi. Jumladan, QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) va THE (Times Higher Education) kabi nufuzli tashkilotlarning reyting tuzish metodologiyalari chuqur tahlil qilinib, ular asosida milliy oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholovchi 18ta indikatordan iborat takomillashtirilgan reyting tuzilmasi yaratildi.

    Davlat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchilar bilan o‘tkaziladigan so‘rovnoma jarayonini shaffof amalga oshirish uchun www.tdi.uz saytida onlayn platforma (anketa so‘rovi) ochildi. Joriy yilning 4-31 may sanalari oralig‘ida ushbu anketa so‘rovida 6000 ga yaqin ish beruvchilar ishtirok etib, bitiruvchi yosh mutaxassislar haqida o‘z fikr-mulofazalarini bildirdilar.

    Ma’lumki, joriy yilning 7 iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi. Reyting natijalari 2019 yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining www.tdi.uz hamda http://reyting.tdi.uz saytida e’lon qilinadi.

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 2019 yilning 1-yarim yilligida jami 7358 ta (2018 yilda 1073 ta) ariza qabul qilingan bo‘lib, shundan 6927 ta ariza davlat xizmatlari markazlari orqali; 431 ta ariza yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan va ekspert komissiyalariga maxsus ekspertiza uchun yuborilgan. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalashda taqdim etiladigan xujjatlar sonini amaldagi 5 tadan 2 taga kamaytirildi.

    “Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha Bitim” 2019 yil 30 may kuni Urgench shahrida imzolandi. Inspeksiya o‘z faoliyati Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Angliya, AQSh, Polsha, Turkmaniston va Fransiya kabi 20 tadan ortiq xorijiy davlatlarning elchixonalaridan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar oldi, 35 dan ortiq rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek AQSh, Rossiya, Fransiya, Malaziya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 10 dan ortiq rasmiy tashriflar tashkil qilindi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

    O`xshash yangiliklar
...
12.01.2018 5835
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o'rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.  ...

...
17.04.2018 2538
2018 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276 son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI