O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • TA’LIMNING XALQARO STANDART TASNIFLAGICHI(МСКО)GA O`TISH - TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHGA QO`YILGAN YANGICHA QADAM
    ...

    Milliy ta’lim tizimi o'zining tarkibiga va ta’lim dasturlari mazmuniga qarab har xil bo'lishi sababli, turli mamlakatlarning yutuqlarini taqqoslash va ularning milliy va xalqaro miqyosdagi maqsadlariga erishishlarini kuzatib borish osonroq bo'lishi mumkin.

    Jahon miqyosida ta’lim tizimining aspektlari va jarayonlarini tushunish va to'g'ri talqin qilish uchun ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunga xalqaro standartlarga mos keluvchi statistikani tasniflash va taqdim etishga yo'naltirilgan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) dan foydalanish mumkin.

    Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) - 2011 yil noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasining 36-sessiyasida qabul qilingan. Dastlab 1970 yilda YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi marta 1997 yilda qayta ko'rib chiqilgan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) ta’lim milliy statistikasini hamda milliy va xalqaro darajalarda taqdim etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu hujjat dunyoning turli mamlakatlaridagi ta’lim tizimlarida yangiliklarni yaxshiroq aks ettirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilandi.

    Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) - 2011, ta'lim turlarining takomillashtirilgan ta’riflarini o'z ichiga oladi va Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) kontekstida ulardan foydalanishni aniqlaydi.Yosh bolalarning ta’lim tizimini rivojlantirish va oliy ta’lim tizimini qayta tashkil etish munosabati bilan ta’lim darajalarining mavjud tasnifiga yangi toifalar qo'shildi. Shuningdek, quyidagi tasniflashlar mavjud:

    1. Muayyan ta’lim dasturiga mos keladigan statistika birligi sifatida ta’lim sifatini joriy qilish;
    2. Ta’lim dasturlari saviyasini va ta’lim darajasini belgilash uchun ishlatiladigan uch xonali kodlash sxemasi;
    3. Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) boshqaruv bo'limi;
    4. Kengaytirilgan lug'at.

    Ta’limning xalqaro standart tasniflagichini Yevropa va Yevropadagi Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) kabi manfaatdor xalqaro va hamkor tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim va statistika sohasida xalqaro ekspertlarni o'z ichiga olgan xalqaro texnik maslahat guruhi taklif qildi.

    YUNESKOga a’zo davlatlar ishtirok etishga taklif qilingan klassifikasiyani har tomonlama qayta ko'rib chiqish jarayonida mintaqaviy ekspertlar va YUNESKO Statistika Instituti (UIS) boshchiligidagi rasmiy global maslahatlashuvlar muhokamasi bo'lib o'tgan.

    UIS va UNESCO-OECD-Eurostat (UOE) ma’lumotlarini to'plash dasturlari yangi standartlarga mos keladi. YUNESKOga a’zo davlatlar 2014 yildan boshlab ta’lim sohasidagi statistik hisobotlarida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) - 2011 dan foydalanishni boshladilar.

    Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (МСКО) - 2011 butun dunyo bo'ylab ta’lim tizimlarining uzluksiz rivojlanishini aks ettiradigan, yanada ishonchli va global miqyosda taqqoslanadigan ta’lim statistikasini yaratishga yordam beradi.           

                                     

    O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestasiyadan o`tkazish bo`limi boshlig`i  G.Jabbarova

    O`xshash yangiliklar
...
13.01.2018 2077
Hurmatli ota-onalar! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yanvar-fevral oyi davomida Toshkent shahridagi o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishni rejalashtirgan. O‘rganish natijasi bo‘yicha har bir maktabda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan xulosalar va takliflar beriladi. Sizning f...

...
15.03.2018 1561
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori hamda 2015 yil 27 martdagi “Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufida...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI