O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Turkistonda taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha Markaziy Osiyo xalqaro forumi boʻlib oʻtdi
    ...

    Joriy yilning 4-5-oktyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahrida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha 3-Markaziy Osiyo xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.

    Forumda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillaridan “Xalqaro aloqalar” boʻlimi boshligʻi Madina Xojimurodova va “Oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish” boʻlimi bosh mutaxassisi Ikrom Saburovlar Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishdi.

    Qozoq-turk xalqaro universitetida tashkil etilgan tadbirda 20 dan ortiq davlat vakillari hamda 70 dan ortiq taʼlim tizimiga oid vazirlik va idoralardan mutaxassislar ishtirok etishdi.

    Mazkur forum Markaziy Osiyo mintaqasida taʼlim sifatini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar, galdagi vazifalarni belgilash va eng asosiysi bu borada yanada kengroq hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi.

    Forumning ochilish marosimida Qozogʻistonning “Akkreditatsiya va reyting mustaqil agentligi” direktori Alina Jumagulova yigʻilganlarni tashrifi bilan qutlab, ushbu agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, forumning ochilish marosimida Qozogʻiston Respublikasi Senati vakili Baxtjan Jumagulov, Qozogʻiston Respublikasi Fan va taʼlim vaziri Asxad Aymagambetov, Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vaziri oʻrinbosari Kudayberdi Kojobekov, Tojikiston Respublikasi Fan va taʼlim vaziri oʻrinbosari Sayfiddin Davlatzoda va boshqa mutasaddilar kirish soʻzi bilan ishtirok etishdi.

    Forumning 1-kunida Germaniya, Moldova, Rossiya, Bolgariya, Niderlandiya, Latviya, Turkiya, Tojikistondan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan asosiy maʼruzalar qilindi. Unda oliy taʼlim va taʼlim sifatini taʼminlashda raqamli texnologiyalar, Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim sifatini baholash tizimi, taʼlim sifatini taʼminlashdagi dolzarb muammolarga yangicha yondashuvlar, taʼlim sifatini baholashdagi xalqaro darajalar va tashkilotlar haqida maʼlumotlar hamda oliy taʼlim tizimida ilmiy tadqiqotni rivojlantirishning 11 ta yangi innovatsion yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar berildi.

    Kunning ikkinchi yarmida barcha ishtirokchilar maxsus yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalarda maʼruzalar va savol-javoblarda ishtirok etishdi. Unda taʼlim sifatini taʼminlashda xalqaro tajriba, taʼlim sifatini oshirishda tadqiqotlarni tijoratlashtirish, taʼlim sifati va taʼlim markazida talaba, tibbiy yoʻnalishlarda taʼlim sifati, taʼlimda mustaqillik va taʼlimning xalqarolashgan shakllarida oliy taʼlim tizimida boshqaruv strategiyalari kabi yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalar tashkil etildi.

    Forumning 2- kungii yalpi yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari tomonidan inspeksiya faoliyati va Oʻzbekiston OTMlarining milliy reytingi boʻyicha maʼruzalar qilindi. Bunda Taʼlim inspeksiyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, qoʻlga kiritilgan yutuqlar haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar yetkazildi. Ayniqsa, Oʻzbekiston milliy OTM reyting metodologiyasi va turli yoʻnalishlar boʻyicha alohida shakllantirilgan koʻrsatkichlari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

    Shuningdek, reyting indikatorlarining asosiy qismlaridan biri boʻlgan ish beruvchilar fikrini oʻrganishning tashkil etilganligi va bunda 5719 tashkilot va muassasalar ishtirok etganligi forum qatnashchilarining eʼtirofiga sazovor boʻldi.

    Qolaversa, reytingda OTMlarining ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarida daromadlarining ham turli yoʻnalishlarda yaʼni xalqaro grantlar, soha buyurtmalari va davlat grantlari kabi aniqliklar bilan hisoblanishi milliy reyting tizimi yutuqlaridan biri sifatida eʼtirof etilib, Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari tomonidan ushbu mamlakatlarda OTMlar reytingini tuzishda hamkorlik qilish boʻyicha takliflar bildirildi.

    O`xshash yangiliklar
...
18.02.2019 1089
Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbaev boshchiligida Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mariya Liivala, Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari assistent Irina Ambrosin, strategik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Liina Liymateynen, Global ta’lim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa, ma...

...
25.10.2018 1456
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 190-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni o’qitish va tayo...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI