O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reyting indikatorlari haqida
    ...

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538 sonli farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida joriy yilning 14 sentabr kuni Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda umumta’lim muassasalari reyting indikatorlarini ishlab chiqish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbar xodimlari tomonidan yig’ilishga tashrif buyurgan Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislariga ishlab chiqilgan umumta’lim muassasalari reyting indikatorlarini hisoblash metodikasi va jarayonlari to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Yig’ilishda ishlab chiqilgan reyting indikatorlari muhokama qilinib, mutaxassislarning reyting hisoblash metodikasi bo’yicha takliflari tinglandi. Bunda umumta’lim muassasalari uchun quyidagi reyting indikatorlari dastlabki loyiha sifatida muhokama uchun qabul qilindi:

    1. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining xalqaro va Respublika fan olimpiadalari, ta’lim, fan sohasida nufuzli tanlovlarda

     mukofotlar(diplomlar)ga sazovor bo’lgan o’quvchilar salmog’i.

    1. Imtiyozli bitiruvchilar (oltin va kumush medallar) salmog’i.
    2. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari ko’rsatkichi.
    3.  Oliy va birinchi toifali o’qituvchilar ulushi.
    4. O’qituvchilarning umumiy salohiyati ko’rsatkichi(oliy ma’lumotli,ilmiy salohiyatli va o’rta maxsus).
    5. O’qituvchilarning ijtimoiy faolligi (sovrinli mukofotlarga sazovor bo’lganlar).
    6. Byujetdan tashqari mablag’lari ko’rsatkichi (1nafar o’quvchiga to’g’ri keladigan mablag’, ming so’m hisobida)
    7.  O’qituvchilarning dars berayotgan fani bo’yicha bilim darajasi   ko’rsatkichi.
    8. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyati bo’yicha ijtimoiy so’rovnoma natijalari (ta’lim muassasa faoliyatini o’quvchilar,ota-onalar,mahalla vakillari va umuman keng jamoatchilikning fikri asosida baholash).

    Umumta’lim muassasalari reyting indikatorlari reyting.tdi.uz sayti orqali keng ommaga muhokama uchun e’lon qilinadi.

    O`xshash yangiliklar
...
25.09.2018 1772
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha tajriba almashish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi rahbarligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yoʻnalish boʻyicha H...

...
17.11.2018 1235
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018 yil 16 iyuldagi 302-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvali” hamda 2018 yil 8 noyabrdagi №430-son ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI