O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Umumta’lim muassasalari reyting indikatorlari muhokamasi bo`yicha yig`ilish bo’lib o`tdi
    ...

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5538 sonli farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida joriy yilning 10 oktabr kuni Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda umumta’lim muassasalari reyting indikatorlari muhokamasi bo`yicha yig`ilish bo`lib o`tdi.                                                

    Yig`ilishda ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i U.Tashkenboev, boshqarma va bo`lim boshliqlari, inspeksiya mutaxassislari, Xalq ta’limi vazirligi monitoring bo`limi mutaxassislari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi monitoringi boshlig`i, Toshkent shahar Yakkasaroy, Yashnobod, Mirobod, Sergeli tumanlari xalq ta’limi bo’limi monitoring bo`limi boshlig`lari, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati umumta’lim maktablari direktorlari, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlaridan iborat  jami 34 nafar mutaxassislar muhokamada qatnashdilar.

    Davlat inspeksiyasi mutaxassislari umumta’lim muassasalari reyting indikatorlarini dastlabki va yangi taklif etilayotgan loyihasi bo`yicha ma’lumot berildi. Yangi taklif etilayotgan reyting indikatorlari loyihasi muhokama qilinib, reyting hisoblash metodikasi bo`yicha yig`ilish qatnashchilarining takliflari tinglandi. Bunda umumta’lim muassasalari uchun quyidagi 4ta  reyting indikatorlarini 2019 yil 1-yanvardan boshlab  tajriba-sinovdan o`tkazish kelishib olindi:

    1. 11- sinf bitiruvchilarning OTMlarga kirish imtihonlari natijalari (bunda o’qishga kirganlar salmog`i va o`qishga kirishda to`plagan ballar alohida e'tiborga olinadi).
    2. 9-sinf bitiruvchilari bilim darajasi (PISA xalqaro tadqiqotlar savollari asosida).
    3. Oliy va birinchi toifali pedegoglar ulushi.
    4. Pedagog jamoa o`rtasida so`rovnoma (TALIS).

    Umumta’lim muassasalari reyting indikatorlari reyting.tdi.uz sayti orqali keng ommaga muhokama uchun e’lon qilinadi.

    O`xshash yangiliklar
...
12.01.2018 3995
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o'rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.  ...

...
11.01.2019 175
Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bila...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI