O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida sifat va samaradorlikni oshirish
    ...

    Bugungi kunda butun dunyodagi xalqlar va millatlarning integratsiyalashuv jarayoni jadal tus olmoqda. Ta’limni isloh qilish asnosida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratlarini oshirish sohasida dunyodagi ilg‘or mamlakatlar tajribasidan ijodiy foydalanishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Shunday ekan aynan bugungi kunda respublikamizdagi kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualaridagi holatni o‘rganish asnosida Zangiota tumanidagi o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini o‘rgandik

    Zangiota tumani bo‘yicha o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi (O‘IChM) 5 ta (4 ta kollejda, 1 ta maktabda) ko‘rsatilgan bo‘lsada, o‘rganish kuni(17 oktyabr)da faqat 4 ta kasb hunar kollejidagi O‘IChM faoliyat ko‘rsatayotganligi, 25 maktabda tashkil etilishi nazarda tutilgan O‘IChM hali faoliyatini boshlamaganligi aniqlandi. Tuman bo‘yicha tashkil etilgan 4 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmuasida jami 2241 nafar (1748 nafari 10-sinf, 493 nafari 11-sinf) o‘quvchi qamrab olingan.

    Shuningdek, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari (IChTU)ning sifat tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, Zangiota tumani O‘IChMlarida 21ta kasblar bo‘yicha 86 nafar o‘qituvchi va IChTUlari dars bermoqda. Shundan, 63 nafari (73,3 %) oliy ma’lumotli, 23 nafari (26,7%) o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglardir. Toifali o‘qituvchilar 4 nafar (Zangiota qurilish va tadbirkorlik KHKda 3 nafar, Zangiota agroservis KHKda 1 nafar, Zangiota oziq-ovqat KHK va Zangiota agrosanoat KHKda mavjud emas), xolos.

    Faoliyati o‘rganilgan O‘IChMlarida 2 nafar nomutaxassis o‘qituvchilar, jumladan Zangiota oziq-ovqat KHKda Toshkent davlat agrar universitetining “Agronomiya” mutaxassisligini tugatgan o‘qituvchilar “oshpaz” kasbi bo‘yicha dars berishmoqda.

    Bundan tashqari, 5 nafar nopedagog o‘qituvchilar, ya’ni Zangiota qurilish va tadbirkorlik KHKda 1 nafar, Zangiota agrosanoat KHKda 2 nafar va Zangiota agroservis KHKda 2 nafar O‘IChMlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    O‘rganilgan O‘IChMlarining birortasida ham yangi o‘quv yili uchun tarifikatsiya jadvali tasdiqlanmagan, buning oqibatida qator chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, Zangiota oziq-ovqat KHKda nomutaxassis o‘qituvchi tarifikatsiya loyihasida ko‘rsatilmagan bo‘lsada, ichki tartib bilan ushbu o‘qituvchiga dars soati ajratilgan.

    O‘IChMsida kasblar bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilganda, tumanda tashkil etilgan O‘IChMlarida, jumladan Zangiota qurilish va tadbirkorlik KHKda 6 ta kasbdan 2 tasida, ya’ni “Santexnik ishi”, “Kompyuter operatori” kasbi bo‘yicha, Zangiota agrosanoat KHKda, 6 ta kasbdan 4 tasida, ya’ni “Mexanik ishlov berish”, “Buxgalteriya”, “Kotib(a)” va “Parda tikuvchi” kasblari bo‘yicha, Zangiota agroservis KHKda 6 ta kasbdan birortasida o‘quv metodik majmualar, ishchi o‘quv dasturlar mavjud emas.

    O‘rganish jarayonida barcha maktablarda vaqtinchalik sinf jurnallari yuritilayotgan bo‘lsada, maktablar tomonidan jurnallar O‘IChMsiga taqdim etilmaganligi kuzatildi. O‘qituvchilar tomonidan o‘quv me’yoriy xujjatlarning yuritilishi talab darajasida emas. Xususan, Zangiota oziq-ovqat KHK O‘IChMsida “oshpazlik”, “tikuvchilik” kasblari bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan ishchi o‘quv dasturlar, taqvim mavzu rejalari mavjud emas. O‘qituvchi namunaviy dastur asosida dars o‘tmoqda. O‘quvchilar uchun tegishli kasb bo‘yicha texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi ishlab chiqilmagan, o‘quvchilar texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilmagan.

    Zangiota qurilish va tadbirkorlik KHK O‘IChMsida o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining darslarga tayyorgarligi talab darajasida emas. Jumladan, “santexnik ishi” kasbi bo‘yicha o‘quv yili 5 sentyabrda boshlangan bo‘lsada, mashg‘ulotlar 25 sentyabrdan boshlangan, ishchi o‘quv dastur va o‘quv uslubiy qo‘llanma mavjud emas, kasb to‘g‘risida o‘quvchilarda tushuncha yo‘q, 17 oktyabr holatiga ham o‘quvchilar biror marta baholanmagan. Shuningdek, “kompyuter operatori” kasbi bo‘yicha o‘qituvchida birorta me’yoriy hujjat mavjud emas, hatto vaqtinchalik jurnal ham maktabdan keltirilmagan.

    Majmualarda o‘rgatiladigan kasblarning umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi moddiy-texnik bazasiga muvofiqligi darajasi bo‘yicha, Zangiota agroservis KHK O‘IChMsidagi “Kompyuter operatori” kasbi bo‘yicha mavjud 15 ta kompyuterlarning 2 tasi ishlaydi, xolos. Qolgan 13 tasi nosoz holatda ekanligi kuzatildi. Faoliyati o‘rganilgan ta’lim muassasalarida O‘IChM bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarni bajarishlari uchun xom-ashyo materiallari ajratilmagan. O‘IChMlarida kasb-hunar kolleji balansida bo‘lgan xom ashyodan va imkoniyatga qarab, o‘quvchilar o‘zlari bilan olib kelgan materiallar hisobidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

    Aksariyat o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘quv jarayonlarining olib borilishi ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tahlil qilib borilmagan. O‘quv-ishlab chiqarish majmualari etib belgilangan ta’lim muassasalari hamda maktablar rahbarlari o‘rtasida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan.

    Yuqorida ko‘rsatilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ta’lim, fan tizimini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning markazida o‘quvchini ta’lim jarayonining sub’ekti – faol ishtirokchisiga aylantirish yotadi. Bunga esa, faqat o‘quv-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv asosida erishiladi. Demak, barcha islohotlarimiz asosida insonlarning turmush farovonligini oshirish, kelajak avlodlarimiz baxti-kamolini ko‘rishdek ezgu orzu-istaklarimiz turibdi. Xullas, yoshlarimiz barkamol avlod bo‘lib kamol topsa, jamiyatimiz kuchli bo‘ladi, jamiyatimiz taraqqiy etsa davlatimiz barqaror rivojlanadi.

    Hech bir davlat yo‘qqi iqtisodiyoti rivojlanmasdan turib ilg‘or davlatlar qatoriga qo‘shilib qolgan bo‘lsa. Demak, kasbiy ta’lim tizimida jahon arenalariga chiqishimizda murabbiy, pedagog, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuvlarni shiddat bilan olib kirmog‘i va amaliyotda tadbiq etmog‘i lozim bo‘ladi.

     

    Davlat inspeksiyasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

     

    O`xshash yangiliklar
...
25.09.2018 647
Soʻngi kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga koʻpgina fuqarolarimiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli xorijiy davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish va respublika hududida oʻqish yuzasidan savollar bilan murojaat etishmoqda. Shu munosabat bilan hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy faoliyat olib borayotga...

...
08.11.2018 150
Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish, oʻquvchi-yoshlarni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazish, taʼlim sifati va mazmunini davr ruhi bilan hamohang tarzda yoʻlga qoʻyish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Oxirgi ikki yil davomida muhtaram prezidentimizning Xalq taʼlim...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI