O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIDA ISHTIROK ETISH YOʻL HARITASI ISHLAB CHIQILMOQDA
    ...

    Joriy yilning 27-iyul kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati xalqaro miqyosda tan olingan testolog, ekspert Mark Zelman bilan navbatdagi rasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

    Mazkur rasmiy uchrashuv kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin egalladi.  Milliy baholash tizimini yaratish uchun 40 kishilik testologlar guruhini tayyorlash (har bir fan boʻyicha kamida 5-6 mutaxassis), oliy taʼlimda testologiya boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish uchun oʻquv-uslubiy taʼminot masalasi, malaka oshirish tizimida testologiya boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tizimli yoʻlga qoʻyishda oʻquv dasturlari va adabiyotlari ishlab chiqishda metodologik yordam.  Shuningdek ushbu uchrashuv asosan savol-javoblardan iborat boʻlib jumladan joriy sanaga qadar ekspert tomonidan olib borilgan mahalliy pedagog kadrlar ishtirokidagi seminar-trening jarayonlari tafsilotlari, unda 60 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etganligi hamda halqaro baholash tadqiqotlari boʻyicha tayyorgarlik testlarini shakllantirishda mazkur tinglovchilar orasidan tanlov asosida eng salohiyatli ishtirokchilar tanlanib olinsa maqsadga muvofiq ekanligi taʼkidlandi.

    Suhbatlar jarayonida xalqaro ekspert tomonidan milliy oʻquv standartlari tarkibi juda keng qamroqli ekanligi, xalqaro baholash testlari esa juda tor doirada hamda chuqur anglab yetishni taqozo etishini inobatga olgan holda, mahsus tajriba auditoriyasini shakllantirish va PISA elementlari aks etgan oʻquv mashgʻulotlarini mazkur tinglovchilarga tadbiq etish orqali ularda duch kelinadigan muammolarni aniqlash mumkinligi taklif qilindi. Bu esa oʻz navbatida kamchiliklarni tahlil qilish va ularga mos samarali yechimlarni yangi shakllantiriladigan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarda aks ettirish imkonini beradi.

    Shuningdek uchrashuv davomida Mark Zelman tomonidan maktab oʻqituvchilari uchun PISA testlaridan iborat maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, mazkur test sinovlari ishtirokchilari uchun maxsus marra koʻrsatkichi belgilanishi, bunda ishtirokchilarning qanchalik yuqori ballarni toʻplaganligi emas balki ularda duch kelingan muammolarga qanday yechimlar topilganligi tahlil qilinishi xalqaro baholash tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik boʻlishi qayd qilindi.

    Uchrashuv davomida xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonida tayyorlov materillarini toʻgʻri tanlanishi ham eng muhim koʻrsatkichlardan biri ekanligi, bunda oʻqituvchilar uchun tayyorlanayotgan metodik qoʻllanma, video materiallar, master-klasslarning toʻgʻri tanlashiga ham alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

    Suhbat soʻngida yuqorida keltirilgan vazifalarni toʻgʻri-tizimli amalga oshirish boʻyicha xalqaro ekspert ishtirokida yoʻl haritasi ishlab chiqilishi va uning tadbiqini taʼminlash borasida hamkorlik qilinishiga kelishib olindi.

    O`xshash yangiliklar
...
16.08.2018 1982
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha 2018 yil 21-23 avgust kunlariga belgilangan maxsus sinovlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi “Qurbon hayitini nishonlash to&lsquo...

...
20.04.2019 1470
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha 2019 yil 22 aprel kuniga belgilangan HUQUQSHUNOSLIK sohasi bo’cha maxsus sinovlarni 2019 yil 27 aprel shanba kuniga (soat 11-00ga) ko‘chirilmoqda. Ma&r...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI