O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Xalqaro ekspert ishtirokida Milliy baxolash tizimi testologlari hamda adminnistratorlari treningi tashkil qilinadi.
    ...

    Avval xabar qilganimizdek, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Jahon Banki bilan hamkorlikda Respublika umumtaʼlim maktablarining xalqaro baholash tizimlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash yuzasidan, milliy baholash tizimlarini shakllantirish, milliy hamda xalqaro baholash tizimlari oʻrtasidagi mutanosiblikni paydo qilish, bir soʻz bilan aytganda yosh avlodning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek inson kapitali indeksini yanada oshirish borasida samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada ayniqsa rivojlangan davlatlarning taʼlim yutuqlaridan foydalanish, tajribali ekspertlarni jalb qilgan holda treninglar tashkil etish, milliy kadrlarning salohiyatini oshirish doirasidagi bajarilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi.

    Bu turdagi samarali faoliyat jarayonlarining davomi sifatida joriy yilning 12-13 mart kunlari Inspeksiya rahbariyati hamda Jahon Banki tomonidan jalb qilingan xalqaro ekspert Mark Zelman bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda joriy sanagacha ekspertning loyiha doirasida amalga oshirgan ishlari boʻyicha maʼlumot, galdagi qilinishi kerak boʻlgan ishlar, bunda avvalo xalqaro baholash tizimlari hamda milliy baholash tizimlarining bir-biriga mos tushadigan elementlariga koʻproq urgʻu berilishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun esa milliy baholash tizimi savollar bazasini ishlab chiqish, bunga maxsus testologlar hamda test administratorlari guruhini shakllantirish, ularni treningda tayyorlash bosqichlari amalga oshirilishi kerakligi haqidagi fikrlar muhokama qilindi.

    Mazkur uchrashuv jarayonining natijasi sifatida joriy yilning may oyida 4- va 9-sinf oʻquvchilarining matematika fani boʻyicha bilimlarini baholash borasida milliy baholash testlarini ishlab chiqish uchun testologlardan iborat guruhni shakllantirish va ularni test materiallarini ishlab chiqishning eng muhim maqsadlarini aniqlash yaʼni test savollarini shakllantirishda mazkur savol orqali oʻquvchining qanday turdagi bilimi baholanishiga katta eʼtibor berilishi diqqat markazida boʻladi. Rejalashtirilayotgan trening orqali testologlar hamda baholash jarayonlarini boshqaruvchi administratorlardan iborat asosiy mutaxassislar bazasini shakllantirish, soʻngra ushbu mutaxassislar ishtirokida kaskad usuli orqali yanada kengroq doirada ekspertlar guruhini shakllantirish maqsad qilingan.

    Mark Zelman- AQSHning test materiallar hamda baholash tizimlari boʻyicha kengashi(CFAS) yetakchi mutaxassisi, matematika fanlari doktori, taʼlim tizimida baholash hamda monitoring jarayonlari boʻyicha 15 yildan ortiq ish tajribasiga ega. GMAT, NAEP, SAT, GRE, PRAXIS, PAEG kabi baholash tizimlari testlarini shakllantirishda asosiy ishtirokchilardan biri. Shuningdek Gruziya, Armaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Pokiston, Ukraina, Rossiya va boshqa koʻplab davlatlarning milliy baholash tizimlari maʼlumotlarini shakllantirishda oʻz hissasini qoʻshgan.

     

    Xalqaro aloqalar bo’limi

    O`xshash yangiliklar
...
28.09.2018 718
2018 yil 27 sentyabr kuni Davlat inspeksiyasi delegatsiyasi bilan Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Maʼrifat Vazirligi vakillari oʻrtasida keng doirada uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Maʼrifat vaziri oʻrinbosari-stats-sekretar P.S.Zenkovich, umum taʼlim sifatini baholash boʻyicha davlat siyosati departamenti direktori A.Ye.Chetvertkov, pedagog kadrlar...

...
17.04.2018 1678
2018 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276 son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI