O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

    Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

    Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan  xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari 2018 yilda e’lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi.

    Ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining www.tdi.uz rasmiy sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

    Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

    -ARWU – The Academic Ranking of world Universities;

    THE – Times Higher Education;

    -QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

     

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    -Qo‘shma qarorni yuklab olish

    O`xshash yangiliklar
...
24.04.2018 1463
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifati nazorat qilish davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakill...

...
09.08.2018 1107
Umumta’lim maktablarida sifatli ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Ta’lim muassasalarini 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha “Harakat dasturi” qabul qilingan bo‘lib, unda belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishini o‘rganish, televideniyeda yoritish va amaliy yordam ko‘rsatish jadvali tasdi...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI