O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Xorijda tahsil olgan 14 nafar mo‘ynoqlik fuqarolar diplomlari nostrifikatsiya qilindi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlaridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Muynoq tumanida yashovchi chet davlatlarda o‘qib bilim olganligi to‘g‘risidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilishni xohlagan fuqarolarga shart sharoit yaratish va kerak bo‘lsa, imtihon jarayonlarini hududning o‘zida tashkil etish vazifalari belgilangan edi.

    Shunga muvofiq, 2018 yil 7 fevral kuni xorijda tahsil olganlik hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘yicha ariza bergan mo‘ynoqlik 14 nafar fuqaroning murojaatlari sayyor qabul asosida Nukus shahrida ko‘rib chiqildi. Sayyor qabulda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshliqlari Sanjar Obidov, Feruza Madraximova, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Murod Jumanov, Davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi rahbari Ilyos Qunnazarov hamda komissiya a’zolari, xorijiy hujjatlarini nostrifikatsiya qilishga talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

     

    Sayyor qabuldan keyin nostrifikatsiya jarayoniga murojaat etgan 14 ta fuqaroning barchasi test sinovlari va Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ekspert komissiyasi suhbat jarayonidan o‘tishdi. Talabgorlar imtihon topshirishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratildi, testlar onlayn tashkil etildi. Test va suhbat jarayonlari kuzatuv kameralari orqali tasvirga olindi hamda shaffof, xolisona tashkil etildi. Asosiysi, mo‘ynoqlik 14 ta talabgorning barchasi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi ular kelajakda ushbu nostrifikatsiya qilingan diplomlari orqali ish faoliyatini boshlashadi va o‘z hududlari rivojiga hissa qo‘shishadi.

     

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
18.06.2018 1462
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son Qarorining 10 bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazor...

...
25.12.2018 284
  Joriy yilning 2018 yil 22 dekabr kuni Davlat inspeksiyasining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi tashabbusiga ko‘ra viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining navbatdan tashqari ishlab chiqarish yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishda Davlat inspeksiyasining hududiy bo‘lim boshlig‘i T.Vakilov, Toshkent viloyati Maktabgacha ta&rsquo...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI