O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Xorijiy davlati universitetiga talabalikka qabul qilingan o‘quvchilar balli reytingda qanday hisoblanadi
    ...

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi tomonidan “Ta’lim jarayonlariga zamonaviy yondashuv: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reyting indikatorlari” mavzusida 2019 yil 19 fevral kuni Do‘stlik tumanida amaliy seminar tashkil etildi.

    Seminarda Do‘stlik, Arnasoy, Mirzacho‘l, Paxtakor va Zafarobod tumanlaridagi 2019 o‘quv yilida reyting jarayonida qatnashadigan 10 ta umumta’lim maktablari direktorlari, matematika, ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilari hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi metodistlari ishtirok etishdi. Seminarda umumta’lim maktablari reytingini aniqlashning maqsad va vazifalari,reyting indikatorlari hisoblash metodikasi,PISA, TIMSS, PIRLSxalqaro dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    Seminar ishida ishtirokchilar milliy reyting baholash tizimidagi ayrim jihatlariga ham e’tibor qaratishdi. Xususan, 11-sinf o‘quvchilarni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganda ularning reyting ballarini hisoblash tizimi qay tartibda amalga oshiriladi (Ukrainaning Xarkov universiteti, Xitoy Xalq Respublikasidagi qator universitetlarga imtihonsiz qabul qilinmoqda)?, Qo‘shimcha shartnoma to‘lovi asosida talabalikka qabul qilinganda o‘qishga kiruvchilar sonida maktablarga ball beriladimi, berilsa qay tartibda? va hokazo...

    Tahlil natijalariga ko‘ra past ko‘rsatgichga ega maktablarga reyting indikatorlari bo‘yicha ishlash, matematika va ona-tili fanlaridan 9-sinf o‘quvchilarga darsdan tashqari vaqtlarda chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, o‘quvchilarni olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qituvchilar salohiyati va sifat tarkibini yaxshilash xamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, o‘quv-laboratoriya jihozlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan qator vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish lozimligi bo‘yicha umumta’lim muassasalari rahbarlariga tavsiyalar berildi.

    Seminar ishtirokchilar tomonidan umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash metodikasi bo‘yicha savollar va takliflar berildi.

    Amaliy seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” gi 341-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Do‘stlik tumani bo‘yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarini “Sayyor qabul” qilindi.

    Sayyor qabulda xorijiy davlatlarda ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi, Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish, 2019 yilgi pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari, umumta’lim muassasalarining akkreditatsiyadan o‘tkazilishi bo‘yicha seminar ishtirokchilarining savollariga Davlat inspeksiyasining Jizzax viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan javoblar berildi.

    Ta’lim sifatini nazorat qilish

    davlat inspeksiyasining Jizzax

    viloyat hududiy bo‘limi

     

    O`xshash yangiliklar
...
21.12.2018 1783
Taʼlim sifatini baholash, xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, rivojlanish, ilmiy-ijodiy ishlarga qiziquvchi, yuksak marralarga erishishda oʻzini munosib deb bilgan nomzodlar ishga taklif etiladi.  https://drive.google.com/drive/folders/1JOB8mJPiG0nORDhwxGXl8njFRkANU-TF?usp=sha...

...
29.03.2019 1039
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i, professor Ulug‘bek Tashkenboev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabiga o‘z kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi. Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i maktab o‘quvchilariga o‘zi t...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI