O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha arizalar qabul qilish hamda tegishli guvoxnomalar berish tartibi takomillashtirildi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qaroriga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha fuqarolardan arizalar qabul qilib kelgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi PQ-3662-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 iyunidan tajriba tariqasida 30 dan ortiq talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan xizmat turlarini davlat xizmatlari orqali amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha arizalar qabul qilish hamda tegishli guvoxnomalar berish belgilangan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagiPQ-3662-sonli qarori ijrosi yuzasidan tegishli idoralar tomonidan texnik imkoniyatlar yaratildi hamda belgilangan davlat xizmatlari markazlari orqali 2018 yil 14 avgust kunidan boshlab xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha arizalar qabul qilish hamda tegishli guvoxnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshlanganligini ma’lum qilamiz.

    Shu munosabat bilan, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2018 yil 14 avgust kunidan boshlab xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha arizalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolardan qabul qilish to‘xtatildi.

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha fuqarolar arizalarni quyidagi ilovada belgilangan davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

    Ma’lumot uchun telefonlar:

    (0371)-277-11-79,

    (0371)-231-07-53 (ichki raqamlar: 1026, 1022, 1031)

    O`xshash yangiliklar
...
29.11.2018 619
Kelajagimiz davomchilari, farzandlarimiz kamoli, ularning baxtu-kamolini ko‘rish har bir ota-onaning eng ulug‘ orzusidir. Bolajon o‘zbek xalqi hamisha shunday ezgu niyat bilan yashaydi, shunga intiladi va buning uchun bor imkoni bilan harakat qiladi. Mamlakatimizda yoshlarning mukammal bilim egasi bo‘lish, ularga zamonaviy bilimlar berish, intellektual salohiyatini rivoj...

...
31.10.2018 655
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda yurtboshimiz rahbarligida barcha sohalarda, jumladan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, har birimizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan parlament...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI