O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik: Taʼlim sifatini taʼminlashda bosh omil sifatida...
    ...

    Davlat inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatining barcha tuman (shahar)larida maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganib chiqilib, amaliy yordam koʻrsatildi. Oʻrganish davomida “Harakat dasturi”ga asosan birinchi-ikkinchi bosqich oʻrganish jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va harakat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Xususan, Xalq taʼlimi muassasalarini yangi 2018-2019 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida Davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimida shtab tashkil etilib, Harakat dasturining ijrosini nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqildi.

    Davlat inspeksiyasi tomonidan iyun, iyul oylari davomidagi oʻrganish jarayonlarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimligi hamda Xalq taʼlimi boshqarmasiga 2 marta taqdimnomalar kiritilib, uning ijrosi nazoratga olindi.

    Natijada, hududiy tuman (shahar) hokimliklari va taʼlimni boshqarish organlari tomonidan viloyatdagi umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga sifatli tayyorlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan,

    Viloyatning har bir tuman shaharida 4 tadan namunali maktablar tanlab olinib, Davlat inspeksiyasi, hududiy tuman (shahar) hokimliklari va xalq taʼlimi boʻlimlari bilan hamkorlikda maktab rahbarlari uchun umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga sifatli tayyorlash boʻyicha 48 ta seminarlar tashkil etilgan.

    Xalq taʼlimi muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishini oʻrganish, televideniyada yoritish va amaliy yordam koʻrsatish grafigiga muvofiq Oʻzteleradiokompaniya va Davlat inspeksiyasi xodimlaridan iborat monitoring guruhi tomonidan 
    101 ta maktablarda Harakat dasturining ijro holati oʻrganilib, ularning 24 tasi ommaviy axborot vositalarida yoritilgan.

    Mahalliy hokimliklar tomonidan umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha 133, 9 mln. soʻm, maktablarni atrofini oʻrash uchun 10 mln. soʻm, jihozlar xarid qilish uchun 432 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, joriy taʼmirlash va qoʻshimcha jihozlash ishlari amalga oshirilgan.

    Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Urganch tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan yaroqsiz holatga kelib qolgan 1000 ta partalar va 3000 ta oʻquvchilar stuli taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan.

    Mahalliy hokimliklar tomonidan umumtaʼlim maktablaridagi 12000 dona yoritish chiroqlari tejamkor lampalarga almashtirilib, deraza romlarining ikkinchi qavatini butlash uchun 4000 kvadrat metr oynalar maktablarga yetkazib berilgan.

    Natijada viloyat boʻyicha 497 maktablar yangi oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, bugungi kunda uslubiy taʼminot ishlari amalga oshirilmoqda.

    Yangi oʻquv yilining boshlanishiga oz fursat qolgan boʻlsada, bugungi kunda viloyatdagi maktablarda taʼlim sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi moddiy texnik baza toʻliq shakllantirilmagan. Xususan, viloyat boʻyicha mavjud 522 ta maktablarda 24210 ta oʻquvchilar partasi, 2581 ta yozuv doskasi, 3584 ta kompyuter texnikasiga ehtiyoj mavjud, shuningdek, 158 ta maktabda fizika, 185 ta maktabda ximiya va 291 ta maktabda biologiya fanidan laboratoriya jihozlari yetishmaydi.

    Shuningdek, 211 ta maktablarda mehnat xonalari tashkil etilmagan, mavjud 311 ta mehnat xonalarining 116 tasida jihozlar yaroqsiz holatga kelib qolgan.

    Viloyat boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan 27032 nafar pedagoglarning 4110 nafari (15,2 %) nafarini oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar tashkil etgan. Ularning 1514 nafari 2018-2019 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirib, 111 nafarigina oʻqishga kirganligini inobatga olsak, viloyatda yangi oʻquv yilida ham 3999 nafar (14,8%) oʻqituvchilar oʻrta maxsus maʼlumotlilarni tashkil etishi kutilmoqda

    Viloyatdagi mavjud 522 ta maktablarning 43 tasi rekonstruksiyaga, 28 tasi kapital taʼmirga muhtoj. Shuningdek, 41 ta maktablarda sport zal mavjud emas, 182 ta maktablarning atrofi qisman, 156 ta maktablarning atrofi umuman oʻralmagan.

    O`xshash yangiliklar
...
11.01.2019 1344
Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bila...

...
06.03.2018 2200
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyat boshlaganiga uncha ko’p bo’lmagan bo’lsada, ijtimoiy tarmoqlarda va internet sahifalarida odamlar nazariga tushib ulgurdi. Hozirga kelib inspeksiyaning rasmiy web-sayti www.tdi.uz tas-ix reytingida 55000 ta web-sayt ichi...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI