× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Apellatsiya shikoyati berish va ularni ko‘rib chiqish muddatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyati berish va ularni koʻrib chiqish muddatlari

#

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari roʻyxati

Huquqiy asos

Apellatsiya shikoyati berish muddati

Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddatlar

Nizomning tegishli bandlari

1.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori

Attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida

15 kun

4-bob, 84-band

2.

Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori

Test sinovlari natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida

2 hafta

6-bob, 43-band

3.

Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash doirasida oʻtkaziladigan test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori

Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin

4.

Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori

Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin

5.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash uchun oʻtkaziladigan test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qarori

Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin