× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Ta’lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi tarkibida bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, ularning joylardagi ta’limni boshqaruv organlari faoliyati bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi.

Bo‘lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyasini o‘tkazishga mas’uldir.

Bo‘limning asosiy vazifalari
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonlari va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
  • idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
  • bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini faoliyatini baholash mezonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tahlil qilish;
  • rivojlangan xorijiy demokratik davlatlarning ta’lim sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalari attestatsiyasi borasidagi tajribalarini o‘rganish.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatining rejasi:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi: