× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Ta’lim muassasalari attestasiyasi va davlat akkreditasiyasi bosh boshqarmasi” tarkibiga kiradi.

Bo‘lim umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestasiyasini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul hisoblanib, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini attestasiya natijalariga asosan davlat akkreditasiyasidan o‘tkazishga tavsiya etadi.

Bo‘lim ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari va o‘qituvchilarning sifat tarkibini nazorat qilish bo‘yicha ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid holda qabul qilingan buyruq va qarorlarning amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha taklif kiritish huquqiga ega.

Shuningdek, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini, ta’limning umumiy o‘rta va maktabdan tashqari turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining davlat ta’lim standartlariga, davlat talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirishi, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ta’lim sifatiga oid aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar uchun ushbu muassasalarning rahbar va pedagog xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish uchun Davlat inspeksiyasi rahbariyatiga taklif kiritishi mumkin.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori. “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida"

2020 yil 27 yanvarda 3214-ro‘yxat raqami bilan Adliya vazirligidan o‘tkazilgan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror

Baholash mezonlari

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyati:
Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi: