× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Surxondaryo viloyatida sayyor shaklda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan kunlari maʼlum boʻldi
30.11.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida (Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov koʻchasi, 360-uy) 2021-yil 2 - 3-dekabr kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari sayyor shaklda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sayyor shaklda sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

“Huquqshunoslik”

“Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”

“Iqtisodiyot”

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar”

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan, tana harorati 370s dan yuqori boʻlgan hamda tibbiy niqobi boʻlmagan talabgorlarlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.