× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

OLIY TA`LIM MUASSASALARI DIQQATIGA!
23.12.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari reytingini har yili tuzish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash vakolati berilgan.

Yuqoridagi qarorlar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasasining 2019 yildagi faoliyatiga oid ma’lumotlar quyidagi jadvallarga muvofiq 2020 yil 1 fevralga qadar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.