× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinovlar qoldirildi
15.03.2020

Joriy yilning 15-mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilishi oʻtkazilib bir qator qatʼiy choralar belgilandi.

Xususan, odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar oʻtkazishni ham vaqtincha toʻxtatilishga qaror qilindi.

Canitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda fuqarolarimizning sogʻligʻini himoyalash maqsadida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha 2020-yilning 16-20-mart kunlari oʻtkazilishi eʼlon qilingan sinovlar belgilanmagan muddatga qoldirilishi maʼlum qilamiz.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov qachon oʻtkazilishi haqida Taʼlim inspeksiyasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali avvaldan xabar beriladi.