× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Pedagog kadrlar malaka (test) sinovlari qoldirildi
16.03.2020

Joriy yilning 15-mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilishi oʻtkazilib bir qator qatʼiy choralar belgilandi.

Xususan, odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar oʻtkazishni ham vaqtincha toʻxtatilishga qaror qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda pedagoglarimizning sogʻligʻini himoyalash maqsadida 2020-yilning mart-aprel oylarida oʻtkazilishi eʼlon qilingan pedagog kadrlar attestatsiyasining dastlabki bosqichi malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi qoldirilganligini maʼlum qilamiz.

Pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari qachon oʻtkazilishi haqida Taʼlim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beriladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi