× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

“Professional standartlar ishlab chiqishning metodik asoslari va amaliy mexanizmlari” metodik qoʻllanmasi
25.03.2020

Maʼlumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida yurtimiz taʼlim sohani tubdan isloh qilish lozimligini taʼkidlar ekan, joriy yildan boshlab mutlaqo yangi professional taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, davlatimiz rahbari 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yurtimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etilishi, kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqilishini maʼlum qildi. Ushbu tizim orqali 9000 ga yaqin kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.

Oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizdagi professional taʼlim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uygʻunlashmaganligi, oʻquv jarayoniga Oʻzbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi toʻlaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlariga toʻsqinlik qilib kelayotgan edi

Bu esa oʻz navbatida kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugallagan yoshlarimiz xorijiy davlatlar oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishlariga ham imkon bermayotgan edi.

Ayni kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan isloh qilish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda mutlaqo yangi professional taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-5812-son Farmoni qabul qilingan edi.

Farmonga asosan taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan yangi uch turdagi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsusprofessional taʼlim hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻining tashkil etilmoqda.

Mazkur Farmonda barcha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Jumladan:

-Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblar klassifikatorini qayta koʻrib chiqish;

-Oʻzbekistonning milliy kvalifikatsiya ramkasini ishlab chiqish;

-tarmoqlar kvalifikatsiya ramkalarini ishlab chiqish;

-kasb va mutaxassisliklar boʻyicha professional standartlarni yaratish kabi yangi shakl va mazmundagi hujjatlarni ishlab chiqish shular jumlasidandir.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish barcha hamkor vazirlik, idora va tashkilotlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish, mazkur yoʻnalishlardagi faoliyatni samaradorligini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichlarga koʻtarishni taqozo etadi.

Hozirda Taʼlim inspeksiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston-Shveysariya “Oʻzbekistonda kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek Oʻzbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xorijiy loyihalar ekspertlari bilan birgalikda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozogʻiston, Belorus Respublikasi,Moldovo) tajribalari oʻrganilib, Oʻzbekistonda ilk bor Milliy kvalifikatsiya ramka loyihasi ishlab chiqilib xorijiy ekspertlardan ijobiy xulosalar olindi, shuningdek, tarmoq kvalifikatsiya ramkalari, kasb va mutaxassisliklar boʻyicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini yaratish va yangi oʻquv yilidan joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Milliy kvalifikatsiya ramka, professional standart, tarmoq kvalifikatsiya ramkasi loyihalari ishlab chiqishda Oʻzbekiston-Shveysariya “Oʻzbekistonda kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida xorij tajribalarini oʻrgangan holda professional standartlarni ishlab chiqish boʻyicha metodik ishlanma” yaratildi.

Barcha aloqador vazirlik va idoralarga ushbu metodik ishlanmadan unumli foydalanish tavsiya qilinadi.

“Professional standartlar ishlab chiqishning metodik asoslari va amaliy mexanizmlari” metodik qoʻllanmasini yuklab olish: OʻZBEK TILIDA, RUS TILIDA