× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijonda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun sinov testlari oʻtkaziladi
22.06.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat universitetining bosh binosida (Andijon shahri, Universitet koʻchasi, 129-uy) 2020-yil 24-25-iyun kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

- Huquqshunoslik

- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot

- Iqtisodiyot

- Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish

- Pedagogika fanlari


Diqqat! Ushbu roʻyxatga Andijon viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi boʻlmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.