× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar uchun xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari oʻtkaziladigan kunlar maʼlum boʻldi
14.08.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand davlat universitetining bosh binosida (Samarqand shahri, Universitet xiyoboni koʻchasi, 15-uy) 2020-yil 20-21-avgust kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

– Huquqshunoslik

– Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot

– Iqtisodiyot

– Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish

– Pedagogika fanlari

Diqqat! Ushbu roʻyxatga Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi boʻlmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.