× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolar uchun xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi
18.08.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil                    24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi binosida (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2020 yil 25 - 26 avgust kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

– Huquqshunoslik


– Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot

– Iqtisodiyot

– Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish

– Pedagogika fanlari

Diqqat! Ushbu ro‘yxatga Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi bo‘lmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.