× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan “Mutaxassislik fanlari” bo‘yicha navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi
21.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2020-yil 26 – 30-oktabr kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

“Huquqshunoslik”

“Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”

“Iqtisodiyot”

“Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish”

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar”

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” (boshlang'ich ta'lim)

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan, tana harorati 370c dan yuqori bo‘lgan hamda tibbiy niqobi bo‘lmagan talabgorlarlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.