× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha navbatdagi sinov testlari oʻtkaziladigan kunlar maʼlum boʻldi
13.05.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy) 2021-yil 25 - 28-may kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

“Huquqshunoslik”

“Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”

“Iqtisodiyot”

“Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish”

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar”

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan, tana harorati 370c dan yuqori boʻlgan hamda tibbiy niqobi boʻlmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.