× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Onlayn-repetitsiya
20.04.2020

Karantin davrida pedagoglarga qulaylik yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan onlayn-repetitsiyalar tashkil etilmoqda. Ushbu repetitsiyalar orqali pedagoglar onlayn-test dasturi bilan yaqindan tanishishlari, dasturdan toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishlari, oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni pka.tdi.uz-elektron bazasiga toʻliq va toʻgʻri kiritilganligiga ishonch hosil qilish va nazorat materiallari yoʻnalishlari boʻyicha tasavvurga ega boʻlishlari mumkin boʻladi.

http://test.tdi.uz/ manzili orqali kirib koʻrishlari mumkin.

Login – test

Parol – test

Onlayn-repetitsiyalardan foydalanish talablari:

pka.tdi.uz (http://pka.tdi.uz/)-elektron bazasiga pedagoglar haqida quyidagi maʼlumotlar toʻliq va aniq kiritilgan boʻlishi kerak:

▫️Viloyat;

▫️Tuman;

▫️Taʼlim muassasasi (raqami yoki nomi)

▫️Pedagogning FISH (toʻliq);

▫️Attestatsiyadan oʻtayotgan oʻquv fani;

▫️Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining yuz foizi, yaʼni 223 000 (ikki yuz yigirma uch ming soʻm)) miqdorda toʻlov kvitansiyasining nusxasi;

Agar, yuqoridagi maʼlumotlarda noaniqlik boʻlsa, taʼlim turlari boʻyicha hududiy (tuman, shahar) masʼullariga murojaat qilishlari yoki Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining telegram boti (@uztdibot)ga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.