× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Aziz oʻquvchilar, “Nima deb oʻylaysiz...?" insholar tanlovida faol ishtirok eting !
06.04.2020


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Nima deb oʻylaysiz...?" rukni ostida insholar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirishdan iborat. Eng asosiysi, yosh isteʼdodlarni izlab topish hisoblanadi.

Tanlovda umumtaʼlim maktablarning 6-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy.

Tanlovga oʻzbek va rus tillarida yozilgan insholar qabul qilinadi.

Tanlov davomida sinflar quyidagi koʻrinishda guruhlarga ajratiladi va har bir guruhda 1-2 va 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi:

1-guruh – 6-7-sinf oʻquvchilari;
2-guruh – 8-9-sinf oʻquvchilari;
3-guruh – 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Inshoni yozishda quyidagi mavzulardan birini tanlashingiz lozim:

Nima deb oʻylaysiz, Siz sevib oʻqigan badiiy asar sizning hayotingizga taʼsir qilganmi va qanday?
Nima deb oʻylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalarining Vatanimizga koʻproq foydasi tegadi? Siz qanday kasb egasi boʻlmoqchisiz?
Nima deb oʻylaysiz, karantin davrida uyda oʻzingiz, oilangiz va jamiyat uchun qanday foydali ishlar qilyapsiz?
Nima deb oʻylaysiz, tarixda buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarni kelajakda Siz ham qila olishingiz mumkinmi?
Nima deb oʻylaysiz, insonlarda ezgulik va mehr tuygʻularini yana-da rivojlantirish uchun nimalarni qilgan boʻlar edingiz?
Nima deb oʻylaysiz, karantin davrida maktab hayotidan koʻproq nimani sogʻinyapsiz ?
Tanlov gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar beriladi:

1-oʻrin uchun ­– Planshet (3 nafar birinchi oʻrin);
2-oʻrin uchun ­– Elektron kitob (3 nafar ikkinchi oʻrin);
3-oʻrin uchun ­– Smart-soat (3 nafar uchinchi oʻrin).

Shuningdek, ijodiy ishlar uchun belgilangan quyidagi talablarga rioya qilishingiz lozim:

1.Maksimal ish hajmi ­– 800 ta so`zdan oshmasligi lozim (titul sahifadan tashqari).
2. Ijodiy ishning birinchi sahifasi (titul sahifasi)da sarlavha, muallifning toʻliq F.I.Sh, maktabi va sinfi koʻrsatilishi lozim (titul sahifasi namunasidan foydalaning).
3. Tanlovda ishtirok etish uchun insholar kompyuterda tahrir qilingan shaklda (MS Word, PDF) yoki qoʻlyozma shaklida (PDF) yuborilishi lozim.


Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi taʼtil davri tugagandan keyin amalga oshiriladi.

Insholar joriy yilning 20-apreliga qadar qabul qilinadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdan oʻtish shakli (https://forms.gle/MaRiFyQJJgfqKGRg7)ni toʻldirishingiz va inshoni essay@tdi.uz elektron pochta manziliga joʻnatishingiz lozim. Roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchilarning insholari qabul qilinmaydi.