× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Dasturlash bo‘yicha onlayn musobaqada ishtirok eting
20.04.2020


Karantin davrida oʻquvchilar hamda talabalar vaqtini mazmunli oʻtkazish, yoshlarning tegishli sohalar va aniq fanlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash va rivojlantirish, ularga isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻquvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar oʻrtasida dasturlash boʻyicha onlayn musobaqa tashkil etilganini eʼlon qiladi.

Musobaqaning birinchi bosqichi dasturiy yechimlarni avtomatik testlovchi tizimi orqali ACM qoidalari asosida onlayn koʻrinishda 2020-yil 26-aprel kuni oʻtkaziladi. Bunda ishtirokchilarga bajarish uchun bir xil topshiriq va bir xil vaqt ajratiladi.

Tashkiliy qoʻmitaning qaroriga koʻra musobaqaning birinchi bosqichida yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar ikkinchi bosqichda qatnashish uchun tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichga oʻta olgan ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlar ikkinchi bosqich boshlanishidan kamida uch kun oldin eʼlon qilinadi.

Musobaqaning soʻngi, ikkinchi bosqichi 2020 yilning 5-may kuni oʻtkaziladi.

Ushbu bosqichda dastlabki uch oʻrinni egallagan ishtirokchilar sovrindor hisoblanadi hamda maxsus sertifikat, tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan beriladigan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Tashkiliy qoʻmitaning tashabbusiga koʻra faxrli oʻrinlarni egallagan sovrindorlardan tashqari faol ishtirokchilar ham ragʻbatlantirilishi mumkin.

Musobaqada qatnashish istagida boʻlganlar joriy yilning 25-apreliga qadar olimp.tdi.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Musobaqa boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni inspeksiyaning rasmiy veb-sayti www.tdi.uz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari(@uztdi)da kuzatib borishingiz mumkin.