× Карта сайта
Sound accompaniment

The site has a soundtrack.

to listen to the text, select it with the mouse

Version for the visually impaired

Xalqaro press-klubning navbatdagi soni Oʻzbekistonning Finlyandiya bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalariga bagʻishlandi

20th May 2022

Bugun, 20-may kuni Xalqaro press-klubning Oʻzbekistonning Finlyandiya bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalariga bagʻishlangan navbatdagi sessiya tasvirga olindi.

Videokonferensiya formatida oʻtgan sessiyada Taʼlim inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktor oʻrinbosari Alisher Ubbiyev, Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsuli Alisher Joʻrayev, Qoʻqon universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov, OʻzFA Matematika instituti direktor oʻrinbosari Gʻolibjon Botirov hamda Finlyandiyaning matematikani oʻqitish boʻyicha Skillgrower platformasi asoschisi Pasi Savola mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Sessiya davomida taʼlim sohasi boʻyicha Finlyandiya tajribasini oʻrganish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.