× Карта сайта
Sound accompaniment

The site has a soundtrack.

to listen to the text, select it with the mouse

Version for the visually impaired

Toshkent davlat agrar universitetida navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda

21st September 2022

Joriy yilning 20-30-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur jarayonlarda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida oʻquv dasturlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi, universitetning moddiy-texnik bazasi, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar va ularning faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilishi koʻzda tutilgan.

Shu maqsadda, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, ekspert komissiyasi aʼzolari ishtirokida universitet tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda jarayonning mazmun-mohiyati, maqsadi va oldingi attestatsiya (akkreditatsiyalash) jarayonlaridan farq qiluvchi jihatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, OTM tomonidan taqdim etilgan ichki baholash xulosalarining sifati, ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim sifatini oshirish yuzasidan taqdim etilgan tavsiyalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat agrar universitetining 15 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, 32 ta magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha 18 ta ixtisosliklar attestatsiya va akkreditatsiya jarayoniga jalb etilgan.