× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari diplomini tan olish sinovlariga qanday oʻzgartirishlar kiritilgan? Qaysi holatlarda xorijiy oliy taʼlim muassasasi diplomi Oʻzbekistonda tan olinmaydi?
15.03.2021

2019-yilda “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi nizomi qator xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish va moslashtirish asosida yangi tahrirda qabul qilingan.

Xususan, avvallari xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplomi tan olinishi uchun murojaat qilgan fuqaro 2 bosqichda: “Oʻzbekiston tarixi” fanidan test topshiriqlarini bajarish va “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha suhbatdan oʻtish bilan sinovdan oʻtkazilgan boʻlsa, yuqoridagi nizom bilan bu holat soddalashtirildi. Yangi tartib boʻyicha endi faqatgina bir bosqichda “Mutaxassislik fanlari”dan test imtihonlari topshirilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olish holatlari yana-da kengaytirildi. Jumladan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500talikka kirgan oliy taʼlim muassasalarining hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olingan boʻlsa, bu birinchi 1000talikka kengaytirildi va yana qator oʻzgartirishlar kiritildi.

Yuqoridagi nizomga asosan xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar quyidagi holatlarda tan olinmaydi:

xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan davlatda uning egasiga Oʻzbekiston Respublikasidagiga qaraganda taʼlim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun kam huquqlar berilgan boʻlsa (hujjat egasi taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish, kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmasa);

maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan taʼlim shaklida olingan boʻlsa;

oliy taʼlim bosqichlarida:

bakalavriat boʻyicha oʻqish muddati uch yildan kam boʻlsa yoki Yevropa taʼlim tizimi asosida oʻqish davomida 240dan kam kredit toʻplagan boʻlsa;

magistratura boʻyicha oʻqish muddati bir yildan kam boʻlsa;

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari qoʻshib oʻqitiladigan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olganda umumiy oʻqish davri uch yildan kam boʻlsa;

Ayni sabablarga koʻra, 2019-yilning oʻzida 783 nafar (jami ariza bilan murojaat qilganlarning 6,1 foizi), 2020-yilning oʻtgan davrida 157 nafar (jami ariza bilan murojaat qilganlarning 4,8 foizi) murojaat qilganlarga sinovlarga chaqirilmasdan diplomini tan olish rad etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu shartlarga alohida eʼtibor qaratishingizni soʻrab qolamiz.