× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Sirdaryoda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichki va tashqi baholashdan oʻtkazish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi
26.10.2021

photo_2021-10-25_17-12-05.jpg

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-2022-oʻquv yilida Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichki va tashqi baholash boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati hamda Sirdaryo hududiy boʻlimi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi mutasaddilari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlimi boʻlimi tegishli masʼul xodimlari va tashkilot direktorlari ishtirok etishdi.

photo_2021-10-25_17-18-41.jpg

Tadbir davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash tartibi boʻyicha ekspertlarning malakasini oshirish yuzasidan tegishli vazifa va tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan oʻzlarini mavzuga aloqador berilgan savollarga tinglovchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga tomonidan atroflicha javoblar berildi.

photo_2021-10-25_18-33-39.jpg

Qayd etish lozimki, 2021-yilida viloyatdagi 73 maktabgacha taʼlim tashkiloti attestatsiyaga jalb qilinib, ulardan 58 tasining faoliyati ijobiy baholangan. Joriy yil yakuniga qadar yana 15 ta MTT attestatsiyadan oʻtkaziladi.

2022-yilda esa 52 ta bogʻcha faoliyati ichki va tashqi baholashdan oʻtkaziladi.