× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qoʻshrabot va Samarqand tumanlaridagi maktablar faoliyati oʻrganildi
27.10.2021

photo_2021-10-26_20-57-54.jpg

Joriy yilning 26-27-oktyabr kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat hududiy boʻlimi tomonidan Qoʻshrabot va Samarqand tumanlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyati oʻrganildi.

Samarqand tumanida oʻtkazilgan muhokamalar davomida 2020-2021 oʻquv yilidagi pedagog xodimlarning attestatsiyasi natijalari, maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlari toifalarining tahlili, darsliklar bilan taʼminlash ahvoli va boshqa masalalar atroflicha tahlil qilindi. Mazkur yoʻnalishlarda faoliyati qoniqarsiz deb topilgan umumtaʼlim muassasalarining mutasaddi rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

photo_2021-10-26_20-57-52.jpg

Shu bilan birgalikda, Qoʻshrabot tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida maktablarga kimyo, biologiya, fizika fanlaridan laboratoriya dars mashgʻulotlarini oʻtishda elektron, virtual laboratoriya dars ishlanmalari taqdimoti oʻtkazilib, 100 dan ortiq dars ishlanmalari yetkazib berildi.

Tumandagi 90 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab direktorlari oʻrinbosarlari bilan pedagoglar attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarori ijrosi, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha fan oʻqituvchilari va maktab rahbariyatining roli va bu borada yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

photo_2021-10-26_20-57-51.jpg