× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi vakillari Times Higher Education reyting agentligi mutasaddilari bilan uchrashdi
24.11.2021

20211124_092631.jpg

Ayni kunlarda poytaxtimizda “Yangi Oʻzbekiston taʼlimi: islohotlar yoʻlida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forum doirasida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov boshchiligidagi inspeksiya mutasaddilari Times Higher Education reyting agentligi bosh tijorat direktori Nik Devis va agentlikning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha mintaqaviy direktori Lachin Italmazova bilan uchrashdi.

Muhokamalar davomida hamkorlikning bugungi kundagi holati va istiqboldagi rejalar oʻzaro muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida milliy oliy taʼlim muassasalarimizni xalqaro reytingga kiritishga koʻmaklashish boʻyicha hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.